Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Kofirlardan taom o‘rganish ularga taqlid qilish bo‘lib qolmaydimi?

Kofirlardan taom o‘rganish ularga taqlid qilish bo‘lib qolmaydimi?

Nashr sanasi: December 21, 2025

Savol :

Ovqat va shirinliklar pishirmoqchi bo‘lsak, ko‘pincha ijtimoiy tarmoqlardagi retseptlarga qarab qilamiz. Ba’zan bu retseptlarni kofirlardan ham olamiz. Ular qilgan taomlarni qilish yoki ular foydalangan usullardan foydalanish — insonning o‘zini kofirlarga o‘xshatishi hisoblanadimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ovqat retseptlarini kofirlardan olish, ularning usullaridan foydalanish yoki taomlarini pishirish — o‘zini kofirlarga o‘xshatish emas. Bu dunyoviy foydali bilimdan foydalanish hisoblanadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, bu holat o‘zini kofirlarga o‘xshatish hisoblanmaydi.

Chunki Rasululloh ﷺ zamonlarida ham kundalik hayotda ishlatiladigan ko‘plab narsalar boshqa yurtlardan keltirilgan. Masalan:

  • qilichlar asosan Hindistondan olib kelingan va ular “Muhannad” qilichlari deb maqtalgan;

  • kiyim-kechaklar Yaman, Misr, Shom tomondan keltirilgan.

Madinaning o‘zida deyarli ishlab chiqarish bo‘lmagan. U yerda asosan xurmo yetishtirilgan, hayot tarzi juda sodda bo‘lgan. Temirchilik, hunarmandchilik ham rivojlangan darajada emas edi. Idish-tovoqlar, jihozlar, gilamlar va boshqa buyumlar tashqi yurtlardan keltirilgan.

Rasululloh ﷺ bularning barchasidan foydalanganlar:

  • Muqovqis yuborgan kiyimlarni kiyganlar,

  • chetdan keltirilgan qilichlardan foydalanganlar.

Bu — dunyo ne’matlaridan foydalanish bo‘lib, o‘zini kofirlarga o‘xshatish degani emas.

Shuningdek, dunyoviy ishlarda:

  • kofirdan ilm o‘rganish,

  • kofir tabibga davolanishga borish,

  • texnika yoki hunar olish

— bularning hech biri Alloh taolo tomonidan man qilinmagan.

Hatto Rasululloh ﷺ Xaybar yerlarini yahudlarga sherikchilik asosida topshirganlar. Sababi sahobalar jihod, da’vat va din ishlariga band bo‘lgan, dehqonchilikka vaqt topa olmagan. Rasululloh ﷺ bu sherikchilikni istagan paytda bekor qilish sharti bilan berganlar. Bu holat Abu Bakr Siddiq r.a. va Umar r.a. davrigacha davom etgan.

Bu voqealar shuni ko‘rsatadiki:

  • kofirlar bilan dunyoviy muomalalarda,

  • savdo-sotiqda,

  • sherikchilikda,

  • tajriba va foydali bilimlarni olishda

hech qanday shar’iy taqiq yo‘q.

Xulosa:

Ovqat retseptlarini kofirlardan olish, ularning usullaridan foydalanish yoki taomlarini pishirish — o‘zini kofirlarga o‘xshatish emas. Bu dunyoviy foydali bilimdan foydalanish hisoblanadi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026