Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Bugun qul ozod qilishga teng amal bormi?

Bugun qul ozod qilishga teng amal bormi?

Nashr sanasi: December 21, 2025

Savol :

Ustoz, Rasululloh ﷺ davrlarida qullarni ozod qilish amali keng bo‘lgan. Bizning zamonimizda esa qul yo‘q. Endi qaysi amal o‘sha amalga mos keladi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Rasululloh ﷺdan: “Qullar yo‘q bo‘lib qolsa, ularning o‘rniga falon amal o‘tiladi”, degan aniq ko‘rsatma kelmagan.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu masalada aniq bir narsa aytish qiyin. Chunki Rasululloh ﷺdan:
“Qullar yo‘q bo‘lib qolsa, ularning o‘rniga falon amal o‘tiladi”, degan aniq ko‘rsatma kelmagan.

Qur’on oyatlarida va hadislarda esa muqobil variantlar aniq ko‘rsatilgan holatlar bor. Masalan:

  • Qasam ichib buzgan kishi uchun:

    • yo bir qul ozod qiladi,

    • yoki o‘n miskinni to‘ydiradi,

    • yoki o‘n miskinni kiyintiradi.
      Agar bunga ham qodir bo‘lmasa — uch kun ro‘za tutadi.

Shuningdek, ba’zi kafforatlarda:

  • qul topilmasa,

  • yoki qul ozod qilish imkoniyati bo‘lmasa,

ro‘za, taomlantirish kabi muqobil amallar ko‘rsatilgan.

Lekin umuman olganda, “qul ozod qilish o‘rniga bugun aynan mana shu amal o‘tadi”, degan umumiy va qat’iy qoida Rasululloh ﷺdan kelmagan.

Shuning uchun bu masala yangi masalalar (nawāzil) jumlasidan hisoblanadi. Chunki qulchilik tizimi asrlar davomida mavjud bo‘lib kelgan, deyarli 1300–1400 yil davomida musulmon jamiyatlarida saqlangan. Qullar butunlay yo‘qolgan davr esa keyingi zamonlarga xos holat.

Ba’zi zamonaviy ulamolar ijtihod qilib, shunday fikrlarni aytishadi:

  • qul ozod qilish qiymatini diyaga qiyoslash,

  • masalan, diyada 100 tuya bo‘lsa,

  • uning o‘ndan biri (10 tuya) qul qiymatiga teng bo‘lishi mumkin,

  • bugungi kunda tuya narxiga qarab pul bilan hisoblash mumkin.

Lekin bu fikrlar ijtihodiy bo‘lib, qat’iy hukm emas. Ular bahs va muhokamaga muhtoj.

Xulosa qilib aytganda:
Bu masalada aniq va qat’iy bir amalni belgilash qiyin, chunki Rasululloh ﷺdan bu borada aniq ko‘rsatma kelmagan.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026