Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Qarzdor sadaqa qilishi va benamozga sadaqa qilish.

Qarzdor sadaqa qilishi va benamozga sadaqa qilish.

Nashr sanasi: December 20, 2025

Savol :

Ustoz, qarzdor odam sadaqa qilishi joizmi? Shuningdek, namoz o‘qimaydigan (benamoz) odamga sadaqa qilish joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Aslida qarzdor odam sadaqa qilishi joiz. Shariatda “qarzdor savob qilmasin” degan qoida yo‘q. Lekin Qarzdor odamning birinchi va asosiy vojibi — qarzini to‘lashdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Aslida qarzdor odam sadaqa qilishi joiz. Shariatda “qarzdor savob qilmasin” degan qoida yo‘q.

Lekin muhim tartib bor:

  • Qarzdor odamning birinchi va asosiy vojibi — qarzini to‘lashdir.

  • Agar qarzning muddati kelgan bo‘lsa va qarz egasi so‘rab turgan bo‘lsa, u holda bu odamning:

    • sadaqa qilishga,

    • ehson berishga,

    • hashamatli ovqat yeyishga,

    • yangi kiyim olishga,

    • safarga chiqishga,

    • haj yoki umraga borishga,

    • mehmon qilishga

haqi yo‘q.

Ulamolar aytishadi: bunday paytda bularning barchasi zulm hisoblanadi. Chunki imkoniyati bo‘la turib, qarzni bermay, boshqa narsalarga sarflash — qarz egasining haqqini poymol qilishdir.

Rasululloh ﷺ aytganlar:
“Boy odamning qarzni cho‘zib yurishi — zulmdir.”

Afsuski, ba’zi odamlar bor:

  • bir qarasangiz safarda yuradi,

  • bir qarasangiz yangi kiyimda,

  • xotinini umraga olib boradi,

  • qarindoshlarga ehson qiladi,

lekin qarzini to‘lamaydi. Bu — harom. Bunday odam qarz egalarining qarg‘ishiga qoladi, oxiratda esa og‘ir javob beradi.

Shuning uchun musulmon kishi:

  • birovning haqqidan qo‘rqishi,

  • qarzni yengil masala deb bilmasligi,

  • oxirat javobini unutmasligi

kerak.

Ehson qilgani butunlay qabul bo‘lmaydi demaymiz. Lekin uning oldida qarzni to‘lash farz, ehson esa nafl amal hisoblanadi.

Farzni tark etib, nafl bilan mashg‘ul bo‘lish — namozning farzini o‘qimay, nafl namoz o‘qiyotganga o‘xshaydi. Nafl bor, lekin farz yo‘q.

Agar qarzdor odam:

  • ehson o‘rniga,

  • oz bo‘lsa ham qarzini to‘lashga kirishsa,

Alloh taolo unga yordam beradi. Chunki qarzni to‘lashni niyat qilgan odamga Alloh yordam qiladi.

Ammo nafl ishlar bilan yurib, qarzni cho‘zib yuradigan odamga:

  • baraka berilmaydi,

  • qarzdan qutulishi qiyinlashadi,

  • obro‘si tushadi,

  • Alloh oldida gunohkor bo‘ladi.


 Benamoz odamga sadaqa berish

Benamoz bo‘lish — uning o‘zi uchun gunoh.
Lekin bu holat unga sadaqa berishni harom qilmaydi.

Agar u haqiqatan muhtoj bo‘lsa:

  • sadaqa berish joiz,

  • hatto qalbini yumshatish, hidoyatga sabab bo‘lishi mumkin.


Xulosa:

  • Qarzdor odam sadaqa qilishi mumkin, lekin qarzini birinchi o‘ringa qo‘yishi shart.

  • Qarzni cho‘zib yurib, ehson qilish — zulm va gunoh.

  • Benamoz odamga sadaqa berish — joiz, agar u muhtoj bo‘lsa.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Vitrni xuftondan alohida o‘qish shartmi?

    June 3, 2026
  • Muqtadiy 3- va 4-rakaatda “Fotiha” o‘qishi yonidagilarga yoqmasa, nima qilishi kerak?

    May 25, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026