Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Koreyadan pul yuborishga oid savol.

Koreyadan pul yuborishga oid savol.

Nashr sanasi: December 20, 2025

Savol :

Ustoz, men hozir Koreyadaman. Bir ustozning savol-javob darslarini ko‘rib, menda savol tug‘ildi. Vatanga pul yuborishda men Koreyadagi bir tanishning vakilining hisob raqamiga Koreya pul birligida (von) pul o‘tkazaman va unga xizmat haqqi ham beraman.

Uyimdagilar esa ba’zida dollar holida, ba’zida so‘m holida pulni olishadi. Shu tarzda pul ayirboshlash joizmi? Chunki aksar odamlar hozir shu usulda pul yuborishyapti.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar siz pul yuborayotgan odamni o‘zingizga vakil qilib tayinlasangiz, va unga xizmat haqqi bersangiz, bu holda muammo yo‘q.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar siz pul yuborayotgan odamni o‘zingizga vakil qilib tayinlasangiz, va unga xizmat haqqi bersangiz, bu holda muammo yo‘q.

Ya’ni holat quyidagicha bo‘lsa:

  • Siz Koreya pul birligida pulni berasiz;

  • U odam sizning vakilingiz sifatida harakat qiladi;

  • Pulni dollar yoki so‘mga aylantirib,

  • Siz aytgan odamlarga yetkazib beradi;

  • Buning evaziga u xizmat haqqi oladi;

— bunday holatda bu ish joiz bo‘ladi.

Bu yerda pulni pulga sotish (sarf) bo‘layotgani yo‘q, balki:

  • pulni yetkazib berish xizmati,

  • va shu xizmat doirasida vakilning valyutani almashtirib berishi mavjud.

Bu esa o‘zaro kelishilgan vakolat  va xizmat haqi  asosida bo‘lgani uchun shar’an to‘g‘ri hisoblanadi.

Demak, bu odam:

  • ham vakil,

  • ham xizmat haqqi oluvchi shaxs bo‘ladi.

Shu shartlar bilan amalga oshirilsa — bunday pul yuborish joiz.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026