Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Hayvonlar oxiratda nega javobga tortiladi?

Hayvonlar oxiratda nega javobga tortiladi?

Nashr sanasi: December 16, 2025

Savol :

Ustoz, hadisda: “Shoxi bor echkidan qiyomatda shoxi yo‘q echkini haqqi olib beriladi” deyiladi. Savolim shuki: aql faqat inson va jinlarga berilgan, shariat ham shular zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa — hayvonlar o‘z ixtiyorisiz qilgan ishi uchun javobga tortiladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ha, bu narsa hadisda dalil bilan kelgani uchun — qiyomatda bunday holat sodir bo‘lishini tasdiqlaymiz. Lekin bu “javobga tortish” degani emas. Bu — Allohning mukammal adolatini namoyon qilishidir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, bu narsa hadisda dalil bilan kelgani uchun — qiyomatda bunday holat sodir bo‘lishini tasdiqlaymiz. Lekin bu “javobga tortish” degani emas. Bu — Allohning mukammal adolatini namoyon qilishidir.

Hadisdagi ma’nosi shuki:
Shoxi bor qo‘y dunyoda shoxi yo‘q qo‘yni urib ozor bergan bo‘lsa, qiyomat kuni Alloh adolat yuzasidan bu zulmni qoplaydi. Lekin:

  • Bu hayvon gunoh qildi,

  • mas’ul bo‘ldi,

  • javobgar bo‘ldi,

— deb aytmaymiz. Chunki ular aqlsiz, ixtiyorsiz, mukallaf emas.

Demak, bu jarayon jazolash emas, balki zulmning alamini qoplash — adolatni to‘liq ko‘rsatishdir.

Aqlsiz bo‘lsa ham, hayvon bo‘lsa ham, kimga ozor bergan bo‘lsa — o‘sha ozorning o‘lchovi qaytariladi. Bu bilan Alloh taolo qiyomatdagi adolatning eng nozik tafsilotlargacha yetishini bandalarga ko‘rsatadi.

Shundan keyin Allohning adolati shu darajada mukammal ekanligini ko‘rgach, odamlar ham dunyoda ham, oxiratda ham Allohni hamd bilan yod etadilar. Hatto do‘zax ahlining o‘zi ham — adolatni ko‘rib turib — Allohga hamd aytadi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026