Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ayollarni “farishtam” deb atash.

Ayollarni “farishtam” deb atash.

Nashr sanasi: December 16, 2025

Savol :

Ayollarni “farishtam” deb atash bizda keng tarqalgan. Buning hukmi qanday bo‘ladi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar bu so‘z maqtov ma’nosida ishlatilayotgan bo‘lsa — ya’ni ayolning pokligi, beg‘uborligi, go‘zalligi yoki yaxshi xulqiga ishora qilib aytilayotgan bo‘lsa — bunda zarar yo‘q, Allohu a’lam.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar bu so‘z maqtov ma’nosida ishlatilayotgan bo‘lsa — ya’ni ayolning pokligi, beg‘uborligi, go‘zalligi yoki yaxshi xulqiga ishora qilib aytilayotgan bo‘lsa — bunda zarar yo‘q, Allohu a’lam.

Qur’ondagi misol: Yusuf (a.s.) haqidagi qissada ayollar uni ko‘rganda:

فَلَمَّا رَأَيْنَهُۥٓ أَكْبَرْنَهُۥ وَقَطَّعْنَ أَيْدِيَهُنَّ وَقُلْنَ حَـٰشَ لِلَّهِ مَا هَـٰذَا بَشَرًا إِنْ هَـٰذَآ إِلَّا مَلَكٌۭ كَرِيمٌۭ ٣١ …

Uni ko`rgan chog`larida lol qoldilar, qo`llarini kesdilar. Va: «Alloh saqlasin!! Bu bashar emas! Bu karamli farishtaning o`zi-ku!» – deyishdi. — deyishgan. (Yusuf 12:31)

Bu yerda ham asl farishta hukmini bermaganlar, balki tashbih, ya’ni o‘xshatish ma’nosida aytishgan.

Xuddi shunday, ayolga “farishtam” deb aytilsa, bu:

  • maqtash,

  • erkalatish,

  • yaxshi sifatga o‘xshatish

uchun aytilayotgan bo‘lsa — hukman joiz. Chunki bu haqiqiy farishta deb e’tiqod qilish emas, balki o‘xshatishdir.

Albatta, ayolga farishta hukmi berilmaydi, chunki farishtalar gunohsiz maxluqdir. Lekin tashbeh ma’nosida aytish — zararsiz.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Tunda ishlash xatomi?

    July 25, 2026
  • “Dinda haraj yo‘q” deyish bilan sustkashlik chegarasi.

    July 24, 2026
  • Gigienaga amal qilish hukmi.

    July 24, 2026
  • Erim vatanda qolgan onamni ziyorat qilishga yubormaydi…

    July 24, 2026
  • Urfga ko‘ra ota uyi kichik farzandga qolishi to‘g‘rimi?

    July 24, 2026
  • Singlimning noshar’iy o‘tadigan to‘yiga bormasligimga ota-onam ko‘nmayapti…

    July 23, 2026