Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

Nashr sanasi: November 28, 2025

Savol :

Ustoz, mening ikki qiz va ikki o‘g‘lim bor. Hammasiga adolatli bo‘lishga harakat qilaman. Hammasini yaxshi ko‘raman, lekin kichkina o‘g‘limni ko‘proq yaxshi ko‘rib qo‘yganimni his qilaman.

Homiladorligimda unga mehrim tushib qolgan, chunki ko‘pchilik “hozir tug‘ma, qiyin bo‘ladi, koronavirus vaqtida to‘rt farzandni boqish oson emas” deb aytishgan edi. Balki shuning uchun ko‘proq yaxshi ko‘rib qolganman. Ustoz, yaxshi ko‘rishda ham adolatli bo‘lishim shartmi? Qanday qilib hammasini bir xil yaxshi ko‘rsam bo‘ladi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yo‘q, yaxshi ko‘rish masalasida adolat talab qilinmaydi, chunki muhabbat — inson qo‘lida bo‘lgan narsa emas. Muhabbatni Alloh yaratadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, yaxshi ko‘rish masalasida adolat talab qilinmaydi, chunki muhabbat — inson qo‘lida bo‘lgan narsa emas. Muhabbatni Alloh yaratadi. Alloh taolo aytadi:

سَيَجْعَلُ لَهُمُ الرَّحْمَٰنُ وُدًّا
“Rahmon ularning qalblarida muhabbat paydo qiladi.”

Insonning kimnidir ko‘proq yoki kamroq yaxshi ko‘rishi — tabiiy holat, bu majburiy emas.

Rasululloh ﷺ ham xotinlari ichida Oyisha onamizni ko‘proq yaxshi ko‘rganlar. Buni sahobalar ham, ayollari ham bilar edi. Xadicha onamizni esa juda qattiq sevganlar. Hatto vafotlaridan keyin ham doimo Xadichani eslab turganlar.

Oyisha onamiz bir kuni:
“Oradan yillar o‘tgan bir kampir bo‘lsa, Sizga undan ko‘ra yaxshirog‘ini Alloh nasib qilgan bo‘lsa, nega uni doim aytaverasiz?” — deb rashq qilganlarida, Rasululloh ﷺ aytdilar:

“Vallohi, Alloh menga Xadichadan yaxshisini nasib qilmagan.”

Bu — qalbdagi munosabat, muhabbat edi. Alloh solgan edi.

Lekin amalda adolat — farz

Muhabbatda inson majbur emas, lekin muomala, nafaqa, e’tibor, sovg‘alar va munosabatda adolat qilish — farzdir.

Rasululloh ﷺ Oyishani ko‘proq yaxshi ko‘rsalar ham:

  • boshqalaridan ko‘proq ta’minlab qo‘ymaganlar,

  • safarga chiqishda birini tanlab olmaganlar — qur’a tashlaganlar,

  • sovg‘alarni faqat bittasiga bermaganlar.

Va Rasululloh ﷺ duo qilar edi:

اللَّهُمَّ هَذَا قِسْمِي فِيمَا أَمْلِكُ، فَلَا تُؤَاخِذْنِي فِيمَا تَمْلِكُ وَلَا أَمْلِكُ

“Allohim! Mana bu — o‘zim qodir bo‘lgan narsadagi adolatimdir. Bas, Sen qodir bo‘lgan-u, men qodir bo‘lmagan (qalbdagi muhabbat) masalasida meni malomat qilma.”

Bu shuni bildiradiki, qalbdagi muhabbat — majburiy bo‘lmaydi.

Farzandlarga nisbatan ham hukm shu

Farzandlar orasida kimnidir ko‘proq yaxshi ko‘rib qo‘yish — gunoh emas.

Lekin amalda:

  • sovg‘a berishda,

  • muomalada,

  • duoda,

  • e’tibor va vaqt ajratishda

hech qachon adolatsizlik qilmaslik shart.

Adolatsizlik — farzandlar orasida adovat, hasad va ruhiy jarohatga sabab bo‘ladi.


Xulosa:

  •  Qalbdagi muhabbat = sizga yuklanmaydi (shariat talab qilmaydi).

  •  Ammo amaliy adolat = farz, shart.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026