Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Yangi namoz boshlagan onamga vitrni o‘rgatmay tursam bo‘ladimi?

Yangi namoz boshlagan onamga vitrni o‘rgatmay tursam bo‘ladimi?

Nashr sanasi: November 28, 2025

Savol :

Ustoz, alhamdulilloh, duolaringiz sabab Alloh onamga hidoyat berdi. Besh mahal namoz o‘qiyaptilar. Lekin “bezib qolmasinlar” deb, vitrning qunut duosini o‘rgatmagan edim. Endi o‘zim o‘ylayapman: shunday o‘qib yursalar bo‘ladimi yoki vitrni ham o‘rgatishim kerakmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar onangiz qunutni o‘qisa — albatta bu fazilatli. Lekin farz emas, mustahab amal.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Alhamdulillāh. Alloh taolo onangizni hidoyatda sobit qilsin, qalblarini yanada keng ochsin, ibodatlarni mukammal ado etadigan bandalardan qilsin. Bu Allohning fazli, ne’mati va tavfiqidir.

Aslida bandaga besh vaqt namoz kifoya — farzlardan tashqari boshqa ibodatlarni majbur tarzda yuklash shart emas. Vitr namozidagi qunut — mustahab amallardan bo‘lib, to‘ldiruvchi ibodat sanaladi. Qilsa yaxshi, qilmasa farzday mas’uliyat bo‘lmaydi.

Agar onangiz qunutni o‘qisa — albatta bu fazilatli. Lekin farz emas, mustahab amal.

Agar hozir darhol o‘rgatish onangizga og‘ir bo‘lib qoladi deb o‘ylasangiz, biroz vaqt bering. Sekin-sekin o‘rgatasiz. Lekin keyinchalik vitrni qunut bilan o‘qish — juda yaxshi bo‘ladi. Chunki ulamolar vitr haqida ko‘p ta’kidlashgan.

Imom Ahmad rahimahullohdan:
“Vitrni umuman o‘qimaydigan odam qanday?” — deb so‘rashganda,
U zot aytganlar: إِنَّهُ رَجُلٌ سُوءٍ — “U — yomon (nojoiz ish qiluvchi) odam.”

Hanafiy ulamolari vitrni vojib darajasiga chiqargan. Jumhur esa: “Vitr vojib emas, mustahab” degan. Ya’ni qilsa yaxshi, qilmasa gunohkor bo‘lmaydi.

Shuning uchun onangizni birdaniga og‘ir qilib qo‘ymang. Besh vaqt namozning o‘zi — ulkan ne’mat. Sekin-sekinlik bilan, yumshoqlik bilan o‘rgatsangiz kifoya.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Qiz bola necha yoshdan namoz boshlaydi?

    February 7, 2026
  • O‘limdan avval kasallik sababli 3-4 kun o‘qilmay qolgan namozlar hukmi.

    February 3, 2026
  • Namozda farzdan keyin salom berdimmi-yo‘qmi deb ikkilansa, nima qiladi?

    January 31, 2026
  • Peshinning sunnatini 2 rakaatdan o‘qish kerakmi?

    January 28, 2026
  • Masjidga chiqayotgan kishilarning soqolini olishga majburlashyapti…

    January 26, 2026
  • Narkoz sababli o‘rnidan turolmay qolgan va xotirasini yo‘qotgan kishi qanday namoz o‘qiydi?

    January 24, 2026