Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Noila deb ism qo‘yish hukmi.

Noila deb ism qo‘yish hukmi.

Nashr sanasi: October 6, 2025

Savol :

Ustoz, Noila degan ism butning ismi ekan, shu ism bilan nomlangan ayol ismini o‘zgartirishi kerakmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ismni o‘zgartirish afzal, bu tavhidga sadoqat va e’tiqod pokligini ifodalaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, rivoyatlarda aytilishicha, Isof va Noila ismli ikki but bo‘lgan. Ular Safo va Marva tepaliklarida joylashgan butlar sifatida Quraysh davrida sig‘inilgan.
Isof — erkak but, Noila — ayol but bo‘lgan. Shuning uchun bu ism shirk bilan bog‘liq tarixga ega bo‘lgan nomlardan biridir.

Shu sababli, “Noila” ismini o‘zgartirish afzal, ya’ni yaxshi bo‘ladi, chunki u o‘sha butning nomi bilan mos tushadi.

Agar bu ismni qo‘yganlar buning ma’nosini bilmagan bo‘lsa, ya’ni shirk ma’nosini niyat qilmagan bo‘lsa, ismning o‘zi harom emas, lekin tavhid e’tiqodidagi musulmon kishi uchun bunday ismni almashtirish ma’qul hisoblanadi.

Demak, ismni o‘zgartirish afzal, bu tavhidga sadoqat va e’tiqod pokligini ifodalaydi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026