Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Yubiley va tug‘ilgan kunlar o‘tkaziladigan oshxonada halol taom bo‘lsa, u yerda ovqatlanish yoki taom xarid qilish joizmi?

Yubiley va tug‘ilgan kunlar o‘tkaziladigan oshxonada halol taom bo‘lsa, u yerda ovqatlanish yoki taom xarid qilish joizmi?

Nashr sanasi: October 4, 2025

Savol :

Nomi chiqqan bir oshxona bor, taomlari yaxshi. Ammo o‘sha oshxonada tug‘ilgan kun, yubiley va shunga o‘xshash ma’rakalar bo‘lib o‘tadi. O‘sha yerda taomlanish yoki o‘sha yerdan taom sotib olish mumkinmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qisqacha javob; Bismillah, Agar taom halol bo‘lsa, u yerda ovqatlanish joiz. Chunki ularning noshar’iy ishlari siz bilan bo‘layotgan halol muomalaga taalluqli emas. Faqat agar siz egasiga ta’sir o‘tkaza olsangiz va yomonlikdan qaytarish niyatida bo‘lsangiz, yeymaslik orqali nahi munkar qilishingiz mumkin.

Bismillah,
Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo‘lsin.

modomiki taomi halol bo‘lsa, bo‘laveradi, ya’ni. U yubiley qilib bergani, boshqa ish qilib bergani — uni o‘zi javob beradi. O‘sha ish boshqa. Ya’ni, “ma’siyat qilgan odamdan narsa olib bo‘lmaydi” degan gapni aytish kerak emas; “ma’siyat qilgan odamdan narsa olib bo‘lmaydi” — unaqa deyilmaydi.

Yahudlardan narsa sotib olsangiz bo‘laveradi. Sotsangiz ham bo‘laveradi. Xuddi shunday — ya’ni bu. Uning qilayotgan ishi boshqa, ma’siyati boshqa. Endi siz bilan qilayotgan muomalasi boshqa. Borib taomini olib, taom halol bo‘lsa — yeyavering, bo‘laveradi. Illo­ki bitta holat bor.

O‘sha oshxona sizning bir qarindoshingizmi, bir oshnangizmi bo‘lsa, keyin unga ta’sir qilish uchun nahi munkar maqsadida borib: “Sening ovqatingni yemayman; nima uchun sen mana shu noshar’iy ishlarni qilasan? Shuning uchun sening ovqatingni men yemayman”, dessangiz — u keyin: “Xo‘p, bo‘ldi, xafa bo‘lma, bo‘ldi — o‘shani tashlayman”, deb o‘sha yomonlikdan qaytishiga sabab bo‘lsangiz, bu nahi munkar bo‘lib qoladi. Bunda bo‘ladi.

Lekin oshxona sizning hech qanday qarindoshingiz yoki tanishingiz bo‘lmasa — yediz-yemadingizga farqi yo‘q — borib uning ovqatidan yeyish, agar taom halol bo‘lsa, zararsizdir.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Hayvonlarni hayvonot bog‘ida saqlash ularga zulm emasmi? Bu gunoh emasmi?

    October 10, 2025
  • Hayz tugagan kunning ertasiga yana qizil aralash oqlik kelsa, namozlar nima bo‘ladi?

    October 4, 2025
  • Klinikada ishlayman. Ba’zan bemorga yordam bo‘lsin deb, ikkita tishni davolab, kassada bitta deb yozaman. Bu ishim joizmi?

    October 3, 2025
  • Bir odam vafot etib, mulklar qoldirdi. Katta o‘g‘il: “Otam bilan birga ishlaganim uchun bu uy va mashina meniki bo‘ladi, qolgan merosni taqsimlang”, deb turibdi. Shu holatda bu narsalar to‘g‘ridan meros bo‘lib hisoblanadimi yoki u da’vo qilayotgan mulklar haqiqatan unga tegishli bo‘lishi mumkinmi?

    October 2, 2025
  • Bir tanishim: “Yillar davomida Allohdan so‘rayman, lekin yomon odatlarimdan chiqa olmayapman. Demak, taqdirimda shunday yozilgan”, deydi. Bu to‘g‘rimi?

    October 2, 2025
  • Ustoz, er-xotin ajrashgan. Bolalar otasi beradigan aliment pulini ona o’zi uchun ham ishlatishi joizmi?

    October 2, 2025