Bir amaki vafot etib, orqasida quyidagi mulklar qoldi:
- 4 sotix yer;
- O‘zi yashagan hovli;
- Mashina;
- Naqd pul;
- Issiqxona;
- Katta o‘g‘illarining uyi.
Amakining 3 o‘g‘il va 1 qizi bor. Katta o‘g‘il: «Otam bilan birga ishlaganim uchun tirikligida topilgan pullarda mening ham hissam bor edi. Men yashab turgan uy va mashina meniki bo‘ladi. Qolgan narsalar meros sifatida taqsimlanadi», deydi. Shunaqa holatda nima qilinadi?