Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Bir tanishim: “Yillar davomida Allohdan so‘rayman, lekin yomon odatlarimdan chiqa olmayapman. Demak, taqdirimda shunday yozilgan”, deydi. Bu to‘g‘rimi?

Bir tanishim: “Yillar davomida Allohdan so‘rayman, lekin yomon odatlarimdan chiqa olmayapman. Demak, taqdirimda shunday yozilgan”, deydi. Bu to‘g‘rimi?

Nashr sanasi: October 2, 2025

Savol :

Bir tanishim: «Yurgan yo‘limda, har soniyada Allohdan so‘rayman, lekin ishlarim yurishib ketmayapti, necha yildan beri yomon odatlarimni tashlayman deyman, qo‘limdan kelmayapti, demak, mening qadarimda shunday yozilgan, men o‘zgarmas ekanman», deydi. Shunga qanday maslahat berasiz?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qisqacha javob; Bismillah, Gunohni taqdirga yuklash — shaytonning yo‘lidir. Allohdan yordam so‘rash bilan birga, ma’siyatning zararlarini chuqur o‘rganish, solih do‘stlar bilan yurish va dinga oid ilmlarni tinglash kerak. Bu sabablarga yopishgan kishi, Allohning izni bilan o‘zgaradi. Vallohu a’lam.

Bismillah,
Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo‘lsin.

Ya’ni, bu taqdirimda yozilgan ekan degan narsasi, taqdirga tashlab qo‘yishi noto‘g‘ridan, ma’siyatni o‘zi qilib turib, shaytonning ishi bu. Shayton ham gunohni qildi-da: “Meni taqdir bilan O‘zing qildirding”, dedi-da Alloh taologa. Mana bu narsa shaytonning ishi qoladi.

Shuning uchun ma’siyatni tark qilishni Alloh taolodan so‘rang va ilmini o‘rganing buni. Bu haqida Ibn Qayyim rahimahullohning Ad-da’ va d-dava degan Kasallik va uning shifosi degan kitoblarini bir dars qildik biz, agar eshitgan bo‘lsangiz. YouTube’da darslarimiz ham bor, unda o‘sha bir yozib ana qilsangiz “Kasallik va uni davosi” — o‘shanda aynan o‘sha ishq kasali haqida aytilgan. O‘sha ishq kasali va uni inson tashlayotganligi. Kitobni boshida Ibn Qayyim rahimahulloh ma’siyatning zararlari haqida gapirgan: ma’siyat odamning ko‘zi, yuzini nuridan mahrum qiladi, odamning obro‘sini tushiradi, molidan baraka ketkazadi, umridan baraka ketkazadi, deb bir nechta — bir 40 dan ziyod zararini gapirib chiqqan.

Mana shu ma’siyatning zararlarini bilish ham bu ma’siyatni tashlashga olib keladi. Bir lahza, bir shahvat uchun qancha narsadan ajraladi odam. Mana ko‘ring, mana narkotik amallarni ko‘ring, masalan ozroq qilib nima qilaman deb yoki fohishalarni ko‘ring.

Rohatini deb qancha katta ne’matdan ajralib o‘tiradi. Obro‘y ketadi, baraka ketadi, nur ketadi. Hayotidan bir chiroy ketadi. Farzandlar, er-xotin o‘rtasidagi narsalar ketadi. Odamning ba’zi holatda o‘lgani yaxshi bo‘lib qoladi-da, shunday shunaqa holatlar bo‘ladiki, o‘lgani yaxshi bo‘lib qoladi.

Shuning uchun mana shu zararlarni o‘rganib chiqing. Keyin Allohni taniydigan ilmlarni ko‘proq eshiting, Allohni tanib oxirat hayot haqidagi ilmlarni eshiting, darslarni eshiting. Makkiy suralar tafsirlarini eshiting, mana Makkiy suralar tafsirlarida ko‘proq o‘sha oxirat hayoti, insonning o‘sha bu dunyoni o‘tkinchi ekanligi tushuntiriladi.

Ana o‘shanda ma’siyatni tark qilishingiz osonroq bo‘ladi. Keyin yana solih kishilar bilan ko‘proq birga bo‘ling. Do‘stlaringiz sizni ma’siyatga chaqiradigan bo‘lmasin-da, solih odamlar bo‘lsin. Insha Alloh mana shu sabablarni qilsangiz, o‘z-o‘zidan hayotingiz yaxshilanib ketadi insha Alloh.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Hayvonlarni hayvonot bog‘ida saqlash ularga zulm emasmi? Bu gunoh emasmi?

    October 10, 2025
  • Hayz tugagan kunning ertasiga yana qizil aralash oqlik kelsa, namozlar nima bo‘ladi?

    October 4, 2025
  • Yubiley va tug‘ilgan kunlar o‘tkaziladigan oshxonada halol taom bo‘lsa, u yerda ovqatlanish yoki taom xarid qilish joizmi?

    October 4, 2025
  • Klinikada ishlayman. Ba’zan bemorga yordam bo‘lsin deb, ikkita tishni davolab, kassada bitta deb yozaman. Bu ishim joizmi?

    October 3, 2025
  • Bir odam vafot etib, mulklar qoldirdi. Katta o‘g‘il: “Otam bilan birga ishlaganim uchun bu uy va mashina meniki bo‘ladi, qolgan merosni taqsimlang”, deb turibdi. Shu holatda bu narsalar to‘g‘ridan meros bo‘lib hisoblanadimi yoki u da’vo qilayotgan mulklar haqiqatan unga tegishli bo‘lishi mumkinmi?

    October 2, 2025
  • Ustoz, er-xotin ajrashgan. Bolalar otasi beradigan aliment pulini ona o’zi uchun ham ishlatishi joizmi?

    October 2, 2025