Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Dunyodan kungilni sovishi Alloh bergan ne’matlarga noshukurlik emasmi?

Dunyodan kungilni sovishi Alloh bergan ne’matlarga noshukurlik emasmi?

Nashr sanasi: October 1, 2025

Savol :

Ustoz, oilam tinch, alhamdulillah. Tolibi ilmman, sevimli rafiqaman. Meni bir holat qiynayapti: hamma narsa arzimas, dunyodagi hamma narsa qiziqmas bo‘lib qoldi. Zavqlanib, hayotni sevib yashamay qo‘ydim. Bu dunyo ko‘zimga kir va iflosliklarga to‘la bo‘lib ko‘rinadigan bo‘lib qoldi. Faqat oxiratimdan xavotirda yashaydigan bo‘lib qoldim. Doim istig‘for aytib yuraman. Men Alloh bergan ne’matlarga noshukurlik qilib qo‘ymayapmanmi? Bu holatim shaytondanmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Dunyo bo‘lmasa, oxiratimiz ham obod bo‘lmas edi. Aynan shu dunyo orqali oxiratga chiqib olamiz. Shu sababli mo‘min odam dunyoni g‘animat bilishi kerak. Dunyodan sovib qolib, hamma narsadan yuz o‘girgan odam aslida oxirat uchun ham yaxshi amal qila olmaydi.

Bismillah, alhamdulillah, vassalotu vassalam ala Rasululloh va ba’d. Sizga men tavsiya qilardim: Ibn Javziyning Saydul-Xotir kitobini biz sharhlaganmiz, Ramazonda anchagina joylarini o‘rganganmiz. O‘sha darslarni eshitsangiz, foydali bo‘ladi. Chunki u yerda dunyo qadri, dunyo nima ekanligi haqida gaplar bor. Mo‘min odam uchun dunyo kerakmi, kerakmasmi degan masala muhim.

Ko‘pchilik “dunyo yomon, dunyo la’natli” deydi. Ammo bu dunyo bo‘lmasa, oxiratimiz ham obod bo‘lmas edi. Aynan shu dunyo orqali oxiratga chiqib olamiz. Shu sababli mo‘min odam dunyoni g‘animat bilishi kerak. Dunyodan sovib qolib, hamma narsadan yuz o‘girgan odam aslida oxirat uchun ham yaxshi amal qila olmaydi.

Demak, dunyo bilan oxirat o‘rtasidagi bog‘liqlikni to‘g‘ri tushunish lozim. Dunyo – oxiratga o‘tadigan bozorimizdir. Qancha ko‘p yaxshi amal qilib qolsak, oxiratda darajamiz shuncha baland bo‘ladi. Ibn Javziy bu haqda ko‘p gapirganlar. Ba’zi johil sufiylar dunyoni butunlay tark etib, odamlarni hamma narsadan mahrum qilishgan. Natijada ular jamiyatga yuk bo‘lib qoladigan parazit shaxslar yetishib chiqqan.

Mo‘min esa bunday bo‘lmaydi. U dunyoni ham obod qiladi, oxiratni ham umid qilib yashaydi. Alloh taolo: “Va tansa nasibaka mina-d-dunya” — “Dunyodan nasibangni unutma” (Qasas, 77), degan.

وَٱبْتَغِ فِيمَآ ءَاتَىٰكَ ٱللَّهُ ٱلدَّارَ ٱلْـَٔاخِرَةَ ۖ وَلَا تَنسَ نَصِيبَكَ مِنَ ٱلدُّنْيَا ۖ وَأَحْسِن كَمَآ أَحْسَنَ ٱللَّهُ إِلَيْكَ ۖ وَلَا تَبْغِ ٱلْفَسَادَ فِى ٱلْأَرْضِ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ ٱلْمُفْسِدِينَ ٧٧

Sahobalarning hayotini, siyratini o‘qisangiz, dunyo va oxiratni qanday muvozanatda olib borganlarini ko‘rasiz.

Siz aytganingizdek, “bu holat shayton vasvasasi bo‘lishi mumkinmi?” degan savolga javob: bu noto‘g‘ri tushuncha. Odam dunyoni to‘g‘ri tushunmaganda, o‘zini zohid qilib ko‘rsatadi, sovuqqon bo‘lib qoladi, hayoti mazali bo‘lmaydi. Shuning uchun dunyoning haqiqati to‘g‘ri tushunilishi kerak.

Ibn Javziyning yana bir gaplari xotiraga keldi: umr haqida. U zot: “Agar menga qo‘yib bersa, ming yillab yashagim keladi. Chunki mo‘min qancha ko‘p yashasa, shuncha ko‘p amal qiladi. Hech bo‘lmasa besh vaqt namozini o‘qiydi, istig‘for aytadi, mo‘minlarga foydasi tegadi, amr bil ma’ruf va nahy anil munkar qiladi. Shuning uchun mo‘minning umri qancha uzoq bo‘lsa, shuncha yaxshi”, deganlar.

Ba’zi odamlar esa tezroq o‘lsam, jannatga kirsam deydi. Go‘yo o‘lsa bas, jannatga kiradigandek. Bu ham noto‘g‘ri tushuncha. Kim aytdi o‘lsak darhol jannatga kiramiz deb? Aksincha, biz bu dunyoda imkon qadar ko‘proq savobli amal qilib qolishimiz kerak.

Shuning uchun Allohdan umrimizni uzun va barakali qilib berishini so‘raylik, solih amallarga tavfiq berishini iltijo qilaylik. Dunyodan foydalanaylik, lekin dunyo bilan bog‘lanib qolmaylik. Dunyo vosita, oxirat maqsad.

Xullas, Ibn Javziyning Saydul-Xotir kitobi sharhini eshitsangiz, insha Alloh ko‘p foyda olasiz. Allohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025