Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Sajdada oyoq barmoqlari yerdan uzilsa namoz buziladimi?

Sajdada oyoq barmoqlari yerdan uzilsa namoz buziladimi?

Nashr sanasi: October 1, 2025

Savol :

Ustoz, biz tarafdagi “Men ham namoz o‘qiyman” kitobida yozilishicha, namoz sajdasida ikki oyoq barmoqlari yerdan uzilsa, namoz buzilar ekan. Agar rostdan ham shunday bo‘lsa, buning dalili nima?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Sajda mana shu yettita suyak ustida bo‘lishi kerak. Agar sajda holatida odam peshonasini qo‘ysa, ikki qo‘li, ikki tizzasi va oyoqlari yerga tegsa — bu mukammal sajda bo‘ladi. Shu sababli, oyoqlar yerga tegmasa, sajda yettita suyakka to‘liq bo‘lmagan deb tushunilgan va kitob muallifi ham shundan kelib chiqib yozgan bo‘lishi mumkin.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Buning dalili sifatida, balki, Imom Buxoriy va Muslimda kelgan hadisni asos qilgan bo‘lishlari mumkin. Rasululloh ﷺ aytganlar:

«Men yettita suyak ustiga sajda qilishga buyurildim».

So‘ng peshonaga (burunlarini ham ko‘rsatdilar), ikki qo‘l, ikki tizza va ikki oyoqni sanab o‘tdilar.

Demak, sajda mana shu yettita suyak ustida bo‘lishi kerak. Agar sajda holatida odam peshonasini qo‘ysa, ikki qo‘li, ikki tizzasi va oyoqlari yerga tegsa — bu mukammal sajda bo‘ladi. Shu sababli, oyoqlar yerga tegmasa, sajda yettita suyakka to‘liq bo‘lmagan deb tushunilgan va kitob muallifi ham shundan kelib chiqib yozgan bo‘lishi mumkin.

Bu masala aslida ixtilofli. Aksar ulamolarning qavliga ko‘ra, sajdaning asosi peshona qo‘yilishidir. Agar peshona yerga tegsa, sajda sahih hisoblanadi. Shu paytda oyoqlar ko‘tarilib qolsa — masalan, bir oz ko‘tarilib yana tushirilsa — namoz buzildi, deyish qiyin. Ba’zilar buni harom yoki makruh deyishgan, lekin namozni buzadi, deyishmagan.

Ya’ni, oyoq uchlari yerga qo‘yilishi sunnatdir. Rasululloh ﷺ aytganlar:

«Men yettita suyak ustiga sajda qilishga buyurildim: peshona (burun bilan birga), ikki qo‘l, ikki tizza va ikki oyoq».

Hanafiy ulamolari “peshona va burun bir suyak” deb sanashgan, shuning uchun burun yoki peshona bilan alohida-alohida sajda qilish ham sahih bo‘ladi, deyishgan.

Xulosa qilib aytganda, aksar ulamolarga ko‘ra, agar sajda paytida oyoqlar qisqa vaqt ko‘tarilib ketsa ham, namoz buzilmaydi. Lekin sunnatga xilof bo‘ladi va namoz mukammal bo‘lmaydi. Buni ba’zilar makruh, ba’zilar harom deyishgan, ammo ko‘pchilik: “Namoz sahih bo‘ladi, faqat nuqsonli bo‘ladi”, degan.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Qiz bola necha yoshdan namoz boshlaydi?

    February 7, 2026
  • O‘limdan avval kasallik sababli 3-4 kun o‘qilmay qolgan namozlar hukmi.

    February 3, 2026
  • Namozda farzdan keyin salom berdimmi-yo‘qmi deb ikkilansa, nima qiladi?

    January 31, 2026
  • Peshinning sunnatini 2 rakaatdan o‘qish kerakmi?

    January 28, 2026
  • Masjidga chiqayotgan kishilarning soqolini olishga majburlashyapti…

    January 26, 2026
  • Narkoz sababli o‘rnidan turolmay qolgan va xotirasini yo‘qotgan kishi qanday namoz o‘qiydi?

    January 24, 2026