Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Rossiyadagi rublni so‘m qilib berish xizmatiga oid savol.

Rossiyadagi rublni so‘m qilib berish xizmatiga oid savol.

Nashr sanasi: September 21, 2025

Savol :

Rossiyada ba’zilar rus banklariga tegishli kartamizga rubl solishadi va chekini yurtidagi yaqinlariga jo‘natib qo‘yishadi. Yaqinlari ko‘pincha bir-ikki soatdan keyin kelib, chekni ko‘rsatib, pulni olib ketishadi. Ba’zan bir-ikki kun o‘tib ham kelishadi. Biz buning uchun xizmat haqqi olamiz. Shu joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Pulni pulga almashtirish emas, balki xizmat ko‘rsatish bo‘lgani uchun, xizmat haqi olish joizdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu joiz narsa. Chunki siz xizmat haqi uchun pul olyapsiz. Odamlarning pulini o‘tkazib, belgilangan joyiga yetkazib beryapsiz. Bu pulni pulga almashtirish emas.

Siz ularning pulini olib, aytilgan odamga yetkazib berasiz va buning evaziga xizmat haqi olasiz. Shuning uchun bunda hech qanday muammo yo‘q.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026