Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Dollarni olib, uyga borgach so‘mga aylantirib, kartaga tashlash hukmi.

Dollarni olib, uyga borgach so‘mga aylantirib, kartaga tashlash hukmi.

Nashr sanasi: September 21, 2025

Savol :

Ish vaqti tugagach, ko‘chada bir tanishim menga 100 dollar berib: “Shuni so‘m qilib kartamga solib bering”, — desa va men uni olib uyga borib solib qo‘ysam joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar siz vakil bo‘lsangiz — ya’ni u odamning dollarini sotib berayotgan bo‘lsangiz — bu joiz. Agar siz sotib oluvchi bo‘lsangiz va keyin so‘mni kechikib bersangiz — bu joiz emas, chunki qo‘lma-qo‘l bo‘lmay qoladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Albatta joiz. Chunki bu holda siz vakil bo‘lasiz, ya’ni u odamning vakili. Uning pulini olib turib, qachon bo‘lsa ham kartasiga solib qo‘ysangiz, bu sizni vakil qilgani hisoblanadi.

Agar u odam sizga: “Mana, shuni so‘m qilib bering”, deb dollarni bersa, siz uni kechqurun borib so‘m qilib kartasiga tashlab qo‘ysangiz, bunda qo‘lma-qo‘l bo‘lmayapti. Bu ish joiz emas. Chunki pulni pulga almashtirishda albatta qo‘lma-qo‘l bo‘lishi shart.

Demak, agar u sizga: “Dollarimni sotib bering”, deb vakil qilsa, siz sotuvchi sifatida uning vakili bo‘lasiz va bu joiz bo‘ladi. Lekin agar siz sotib oluvchi bo‘lsangiz va qo‘lma-qo‘l bo‘lmasa, bu shar’an joiz emas.

Shuning uchun farqni aniqlab olish kerak:

  • Agar siz vakil bo‘lsangiz — ya’ni u odamning dollarini sotib berayotgan bo‘lsangiz — bu joiz.

  • Agar siz sotib oluvchi bo‘lsangiz va keyin so‘mni kechikib bersangiz — bu joiz emas, chunki qo‘lma-qo‘l bo‘lmay qoladi.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

2

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026