Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Tasbeh aytganda ma’nosi qalbdan o‘tishi shartmi?

Tasbeh aytganda ma’nosi qalbdan o‘tishi shartmi?

Nashr sanasi: September 18, 2025

Savol :

Ustoz, tasbeh aytganda uning ma’nosi qalbdan o‘tishi kerakmi yoki yo‘qmi? Faqat og‘izda 1000 ta yoki 10000 ta tasbeh aytishning foydasi bormi? Ya’ni savob bo‘ladimi? Yoki undan ko‘ra ma’nosini qalbdan o‘tkazib, 10 ta yoki 100 ta aytgan afzalmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Albatta, tasbehni ma’nosini bilib aytish afzal va asl maqsad ham shu. Ya’ni inson tasbeh aytayotganda nima deyotganini, nima qilayotganini anglab aytishi kerak.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Albatta, tasbehni ma’nosini bilib aytish afzal va asl maqsad ham shu. Ya’ni inson tasbeh aytayotganda nima deyotganini, nima qilayotganini anglab aytishi kerak.

Lekin faqat tilda: “Subhanalloh, Subhanalloh” yoki “Astag‘firulloh, Astag‘firulloh” deb aytsa ham, bu mutlaqo foydasiz bo‘lib qolmaydi. Chunki bunda baribir umumiy niyat bor. “Nima qilyapsiz?” desa, “Tasbeh aytyapman” deydi. Bu uning ixtiyori bilan qilayotgan amali. Demak, qalb g‘ofil bo‘lsa ham, tasbeh aytayotgan odam umumiy niyati sababli savob oladi. Kamroq bo‘lsa ham ajri bor.

Ammo qalb qo‘shilsa — bu komillik bo‘ladi, nur ustiga nur bo‘ladi. Asosiy zikr qalb bilan bo‘ladi. So‘ngra til unga qo‘shiladi, a’zolar unga qo‘shiladi. Ma’nosini tushunib 10 ta yoki 100 ta aytsa, bu 1000 ta g‘aflat bilan aytilgan zikrdan afzal.

Allohni zikr qilishda eng afzal narsa — ma’nosini tushunib qalb bilan yodga olish. Masalan, Allohning ismlari va sifatlari haqida darslar tinglash, rububiyat va uluhiyat ma’nolarini o‘rganish. Inson taniganini eslaydi. Haqiqiy eslash — Allohni tanish va uni sevish bilan bo‘ladi.

Buni bir misol bilan tushuntirish mumkin: bir inson boshqasini sevib qolsa, uni ko‘p eslaydi, nomini yozadi, hayolida o‘ylaydi, yuragi bilan band bo‘ladi. Aslida, mo‘min ham Allohni shunday sevishi va doimiy eslashi kerak. Shundagina zikr haqiqiy zikr bo‘ladi.

Shu bilan birga, faqat til bilan aytilgan zikrni ham butunlay foydasiz deb bo‘lmaydi. Chunki bu ham niyat bilan bo‘ladi, vaqtni bekorga ketkazmagan bo‘ladi. Lekin haqiqiy foyda va komil savob — qalb bilan zikr qilishda.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025