Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Dunyoviy kitoblarning qanday foyda va zararlari bor?

Dunyoviy kitoblarning qanday foyda va zararlari bor?

Nashr sanasi: September 14, 2025

Savol :

Ustoz, hozirda yoshlar vaqtlarini faqat dunyoviy ilmlarni o‘rganishga, dunyoviy kitoblar, turli hikoya va romanlarni o‘qishga sarflamoqdalar. Diniy ilmlarni olishni, diniy kitoblarni o‘qishni, hatto Qur’on tilovatini ham tashlab qo‘yishmoqda. Bu dunyoviy kitoblarning yoshlarga qanday foyda va zararlari bor? Iltimos, shunday yoshlarga nasihat qilsangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Kitob o‘qish foydali, dunyoviy ilm ham kerak. Ammo musulmon uchun birinchi o‘rinda Qur’on, aqida va ibodat ilmlari turadi. Avvalo farzand tahorat, namoz, ro‘za, tavhidni bilsin, keyin dunyoviy ilmga intilsin.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu masalaga ikki tomondan qarash kerak. Avvalo, kitob o‘qishning o‘zi — foydali ish. Dunyoviy ilmlarni o‘rganish ham kerak. Jamiyatga kerak bo‘ladigan mutaxassislar — shifokor, muhandis, ustoz va boshqalar — dunyoviy ilm orqali yetishib chiqadi. Bunda hech qanday shubha yo‘q. Ammo shuni unutmaslik kerakki, musulmon uchun birinchi o‘rinda diniy ilmlar turadi.

Farzandlarimiz avvalo ibodatini bilishi, tahoratini, g‘uslini, namozini, ro‘zasini ado eta olishi shart. Shuningdek, aqida masalalarini, tavhidni, “La ilaha illalloh”ning ma’nosini o‘rganishi kerak. Qur’on o‘qishi, Rasululloh sunnatlarini bilishi kerak. Chunki Alloh taolo Qur’onda:

قُوٓا۟ أَنفُسَكُمْ وَأَهْلِيكُمْ نَارًۭا

“O‘zlaringizni va ahli ayolingizni do‘zaxdan saqlanglar” (Tahrim: 6) — deb marhamat qiladi.

Shuning uchun birinchi vazifa — yoshlarni dindan, Qur’on va sunnatdan bexabar bo‘lib qolishdan asrashdir.

Dunyoviy ilmlarga qiziqish zarar emas. Lekin u dinni bilmaslik hisobiga bo‘lsa, katta xatar tug‘diradi. Chunki farzandni chet ellarda o‘qitamiz, ingliz tilini, xitoy tilini o‘rgatamiz, ilmli bo‘lib kelsin deymiz. Ammo u namoz o‘qimasa, ro‘za tutmasa, halol-haromni bilmasa, hatto cho‘chqa go‘sht yeydigan bo‘lib kelsa, bunday ilm foyda bermaydi. Chunki inson dunyoda yashab-yashab, oxirida do‘zaxga tushsa, ne foyda?

Alloh taolo Qur’onda:

وَمَنْ أَعْرَضَ عَن ذِكْرِى فَإِنَّ لَهُۥ مَعِيشَةًۭ ضَنكًۭا

“Kim Mening zikrimdan yuz o‘girsa, albatta unga tang hayot beramiz” (Toha: 124) — degan.

Ya’ni, Allohni eslamagan, Qur’onni o‘qimagan odam boy bo‘lsa ham, mansabdor bo‘lsa ham, qalbida siqilish bilan yashaydi.

Demak, yoshlarimizga birinchi navbatda dinni, aqidani, Qur’onni o‘rgatib, keyin dunyoviy ilmlarni ham o‘qitish kerak. Ikkisini birlashtirsak, mukammal tarbiya bo‘ladi. Ana shunda farzandlarimiz Allohning yerdagi xalifasi sifatida yashab, jamiyatga xizmat qiladi, odamlar uchun foydali bo‘ladi va oxiratda ham najot topadi.

Biz farzandlarimizni shunday tarbiyalaylikki: bu dunyoni obod qilsin va oxiratda jannatga kirsin. Chunki musulmonning duosi ham shunday:

رَبَّنَا آتِنَا فِي الدُّنْيَا حَسَنَةً وَفِي الآخِرَةِ حَسَنَةً
“Robbimiz, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ber, oxiratda ham yaxshilik ber” (Baqara: 201).

Shuning uchun dunyoviy kitoblarni o‘qish foydali, ammo diniy bilimlar hisobiga emas. Avval Qur’on va shariat ilmlari, keyin boshqa ilmlar.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025