Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >“Oqar suv yetti marta dumalasa, halol bo‘ladi” degan gap to‘g‘rimi?

“Oqar suv yetti marta dumalasa, halol bo‘ladi” degan gap to‘g‘rimi?

Nashr sanasi: September 11, 2025

Savol :

Ustoz, biz taraflarda shunday bir gap bor: “Oqar suv yetti marta dumalasa halol bo‘ladi, hatto unga najosat tushib ketgan bo‘lsa ham.” Shu gap to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu gapning asosi yo‘q. Najosat tushgan suvni “yetti marta oqsa, pok bo‘ladi” deyish mubolag‘ali va noto‘g‘ri gapdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu gapning asosi yo‘q. Najosat tushgan suvni “yetti marta oqsa, pok bo‘ladi” deyish mubolag‘ali va noto‘g‘ri gapdir.

To‘g‘ri tushunchasi shunday:

  • Agar najosat oqar suvga tushib, suv uni olib ketib, najosatning izi – hidi, rangi yoki ta’mi qolmasa, o‘sha suv toza hisoblanadi.

  • Lekin agar suvda najosatning hidi, rangi yoki ta’mi sezilib qolsa, u suv necha marta oqmasin, baribir najas bo‘lib qoladi.

Demak, suvning tozaligi “yetti marta dumalashida” emas, balki najosatning asari yo‘qolishidadir.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • “Bir gunohni qilsam, 3 kun ro‘za tutaman” deb qasam ichgan va ro‘zalari yillarga teng bo‘lib ketgan odam nima qiladi?

    April 2, 2026
  • Bachchabozlikdan tavba qilgan kishiga shar’iy jazo qo‘llanadimi?

    March 30, 2026
  • Hozirda ahli kitoblardan go‘sht sotib olsa bo‘ladimi?

    March 27, 2026
  • Inson a’zolarini ko‘chirish hukmi.

    January 31, 2026
  • Payg‘ambarimiz ﷺ qaysi mazhabda bo‘lganlar?

    December 22, 2025
  • Nogiron homilani oldirish hukmi.

    December 22, 2025