Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Taloq deb sms yozayotib, fikridan qaytsa taloq tushadimi?

Taloq deb sms yozayotib, fikridan qaytsa taloq tushadimi?

Nashr sanasi: September 4, 2025

Savol :

Ayolim bilan telefonda yozma tarzda urishayotgan edik. Men qattiq g‘azabda edim. U taloq so‘radi. Xayolimga “bitta roj‘iy taloq ber” degan o‘y keldi va shunday yozdim.

“Bitta roj‘iy” deb yozdim-u, lekin taloq so‘zini yozmadim. Keyin darhol to‘xtab, astaghfirulloh deb yozganimni o‘chirib tashladim, jo‘natmadim. So‘ng “kel, bunday qilmaylik” deb yozdim va biz yarashib ketdik. Bu oxirgi imkoniyatimiz edi. Shu holatda taloq tushib qolmaganmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yo‘q, bu holatda taloq tushmagan. Chunki siz “bitta roj‘iy” deb yozgansiz, lekin “taloq” so‘zini to‘liq yozmadingiz, xabarni ham jo‘natmadingiz. Bu faqatgina niyat darajasida qolgan.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, bu holatda taloq tushmagan. Chunki siz “bitta roj‘iy” deb yozgansiz, lekin “taloq” so‘zini to‘liq yozmadingiz, xabarni ham jo‘natmadingiz. Bu faqatgina niyat darajasida qolgan.

Shariatda qoida bor:

اليقين لا يزول بالشك

“Al-yaqīn lā yazūlu bish-shakk” – ya’ni aniq narsa shubha bilan ketmaydi. Hozir aniq narsa – sizning nikohingiz mavjud. Taloq tushganiga esa shubha bor, chunki yozilmadi ham, jo‘natilmadi ham. Shubha bilan esa nikohni bekor qilib bo‘lmaydi.

Shunday ekan, bu holatda taloq tushmagan, nikohingiz saqlanib qolgan.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Vitrni xuftondan alohida o‘qish shartmi?

    June 3, 2026
  • Musulmonni yomon ko‘rish hukmi.

    May 25, 2026
  • Muqtadiy 3- va 4-rakaatda “Fotiha” o‘qishi yonidagilarga yoqmasa, nima qilishi kerak?

    May 25, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026