Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Yahudiyga tegishli supermarketda ishlash hukmi.

Yahudiyga tegishli supermarketda ishlash hukmi.

Nashr sanasi: August 30, 2025

Savol :

Ustoz, men ayol kishiman. Rossiyadaman. Bu yerdagi mashhur supermarket tarmoqlaridan biriga operator sifatida ishga kirdim. Uydan chiqmasdan ishlayman. Googledagi ma’lumotlarga qaraganda supermarket asoschisi yahudiy ekan. Shu marketda ishlashim joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu ishni qilish joiz bo‘ladi. Chunki yahudiyning qo‘lida sotuvchi bo‘lib ishlash, yahudi bilan sherikchilik qilish shar’an man etilmagan.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu ishni qilish joiz bo‘ladi. Chunki yahudiyning qo‘lida sotuvchi bo‘lib ishlash, yahudi bilan sherikchilik qilish shar’an man etilmagan. Hatto Qur’onda zikr qilinganidek, musulmon erkakning yahudi yoki nasroniy ayolga uylanishi ham joiz bo‘lgan. Uylanish – sherikchilik va ishchilikdan ham kattaroq bog‘lanish bo‘lishiga qaramay, shar’an joiz qilingan.

Asosiy shart – harom narsani sotmaslik va dinga zid ishlarni qilmaslik. Ayol kishi uchun esa yana bir qo‘shimcha shart – fitnadan xoli bo‘lish, ya’ni o‘zini xavf-xatardan, yomon muhitdan asrash.

Agar sizning ishingiz masofadan, ofis yoki uydan turib bajariladigan bo‘lsa, va unda harom narsalar bilan shug‘ullanish bo‘lmasa, supermarket asoschisining yahudiy bo‘lishi ishga halal bermaydi.

Rasululloh ﷺ zamonida ham yahudiylar bilan sherikchilik bo‘lgan. Masalan, Haybar yerlari yahudiylarga ishlash uchun berilgan va ular hosilni musulmonlar bilan taqsim qilib kelganlar. Bu amaliyot Rasululloh ﷺ vafotlaridan keyin Abu Bakr roziyallohu anhu davrida ham, Umar ibn Xattob roziyallohu anhu davrining boshlarida ham davom etgan. Keyinroq musulmonlar o‘z kuchi bilan yetarli bo‘lgach, Umar roziyallohu anhu yahudiylarni u yerdan chiqarib yuborganlar.

Shu dalillardan ko‘rinadiki, yahudiy yoki nasroniy bilan savdo-sotiq qilish, sherik bo‘lish yoki ishchi bo‘lib ishlash shar’an joizdir, agar unda harom aralashmasa.

Demak, sizning ishingizda –

  • harom mahsulot sotish yoki targ‘ib qilish bo‘lmasa,

  • ayollik qadr-qimmatingiz saqlansa,

  • fitna xavfi bo‘lmasa –

uning zarari yo‘q.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025