Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Logistika sohasida ishlash Amerikani qo‘llash bo‘lib qolmaydimi?

Logistika sohasida ishlash Amerikani qo‘llash bo‘lib qolmaydimi?

Nashr sanasi: August 25, 2025

Savol :

Men logistika sohasini o‘rganmoqchi edim. Bu soha Amerikada rivojlangan. Hozirgi kunda bu ishda ishlash Amerikani qo‘llab-quvvatlash bo‘lib qolmaydimi?

Agar bu sohada ishlasam, bir kompaniyaga ishga kiraman va albatta o‘sha kompaniya hukumatga soliq to‘laydi. Shuning uchun bu sohada ishlashim to’g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qanday kasbni tanlamang, baribir soliq to‘laysiz, bunga yo‘l yo‘q. Lekin siz bu ishga Amerikani boy qilish yoki uning bayrog‘ini ulug‘lash niyati bilan kirayotgan emassiz-ku.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Endi, bu masalada siz dunyoda hech narsa qila olmaysiz. Chunki kim bo‘lishidan qat’i nazar, soliq to‘lamaslikning iloji yo‘q. Agar siz shifokor bo‘lsangiz ham, shifoxona davlatga soliq to‘laydi. Boshqa sohalarda ham shunday.

Qanday kasbni tanlamang, baribir soliq to‘laysiz, bunga yo‘l yo‘q. Lekin siz bu ishga Amerikani boy qilish yoki uning bayrog‘ini ulug‘lash niyati bilan kirayotgan emassiz-ku. Rasululloh aytganlar: “O‘zingizga foydali narsaga haris bo‘ling”. Agar logistika sohasida ishlash sizga foyda keltirsa, ro‘zg‘oringizni yaxshilasa, bolalaringizga va o‘zingizga kelajak uchun barqaror zamin yaratsa — bu yaxshi imkoniyat bo‘ladi, qiling, albatta.

Kompaniyaning soliq to‘lashiga siz mas’ul emassiz. Soliqni ular to‘laydi, siz esa faqat o‘sha yerdan oylik olasiz. Masalan, musulmon odam yahudiy bilan sheriklikda bo‘lishi mumkin. Yahudiyning qo‘lida ishlashi, undan oylik olishi mumkin, agar u yerdan manfaat olsa.

Xuddi shuningdek, musulmon shifokor kofir odamning shifoxonasida ishlashi mumkin. Chunki bu ham tirikchilik yo‘lidir. Ularning qilayotgan ishlari kimlarga ketayotgani sizga farq qilmaydi. Muhimi, siz qilayotgan ish shar’an to‘g‘ri bo‘lsin.

Rasululloh Haybar yerlari masalasida yahudiylar bilan sherik bo‘lishgan. Yerlarni hosildorlik asosida ularga topshirganlar: ular ishlagan, hosilning yarmi Rasululloh va musulmonlarga, yarmi esa o‘zlariga bo‘lgan. Bu yerda yahudiylar ham foyda ko‘rgan, ammo bu sheriklikni to‘xtatmaganlar.

Demak, bunday holatda “ular foyda ko‘rib qolyapti” deb ishni tark etish shart emas. Siz ham tirikchilik uchun foydali bo‘lgan ishni qilavering, o‘zingizni imkoniyatdan mahrum qilmang.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025