Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Vasvasadan qanday qutulish mumkin?

Vasvasadan qanday qutulish mumkin?

Nashr sanasi: August 25, 2025

Savol :


Ba’zida oyoq-qo‘lim birdan muzlab, rangim oqarib ketadi. Xuddi o‘lib qolyotgandek bo‘laman. Yolg‘iz qolishdan qo‘rqaman. Shifokorga ko‘rindim, sog‘ligim joyida, hammasi yaxshi ekan. Shu vasvasa bo‘lsa kerakmi deb o‘ylab qoldim. Agar vasvasa bo‘lsa, qanday qutulsam bo’ladi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ba’zida odamda “o‘limdan qo‘rqish kasalligi” paydo bo‘ladi. Bu holatni faqatgina to‘g‘ri ilm va iymon bilan yengish mumkin.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu holatni men ko‘p eshitganman va ko‘rganman. Ba’zida odamda “o‘limdan qo‘rqish kasalligi” paydo bo‘ladi. Masalan, qorong‘ilikdan, yolg‘izlikdan qo‘rqib, xuddi jon chiqayotgandek tasavvur qiladi: “Mana, hozir o‘laman” degan o‘y kelaveradi.

Bu holatni faqatgina to‘g‘ri ilm va iymon bilan yengish mumkin. Allohga bog‘lanish, oxiratni eslash kerak. Bilinki, sizning umringiz Alloh tomonidan belgilangan. Belgilangan muddat tugamaguncha, hech kim sizni o‘ldira olmaydi va siz ham o‘lmaysiz.

Shunday ekan, qo‘rquv o‘rniga xotirjam bo‘ling. O‘lim kunduzi ham, kechasi ham kelishi mumkin. Insonning ajali bitgan bo‘lsa, u qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, jonini topshiradi.

Bu narsa aslida ko‘proq ruhiy (psixologik) muammo. Ba’zida jin va shaytonlarning ham vasvasasi bo‘lishi mumkin. Lekin ikkala holatda ham to‘g‘ri ilm va qadar haqidagi iymon bu narsani yengadi, inshaAlloh.

Shuning uchun siz qadarga iymonni mustahkam tuting, Qur’on o‘qing, Allohga bog‘laning. Allohning Ismi-Sifatlarini o‘rganing. Bu darslar iymonni kuchaytiradi va qalbga sakinat beradi.

Ba’zi kishilarni eshitganman: “Allohni shunchalik yaxshi ko‘rib qoldimki, o‘lim men uchun orzu bo‘lib qolgandi. Chunki o‘lsam Allohning huzuriga boraman, gunohlarimni ham U kechiradi degan umidim bor”, deb aytishgan.

Shunday bo‘lsa ham, ba’zi odamlar vasvasa sabab: “Ana o‘lyapman, ana jonim chiqyapti”, deb namozni ham tark etib qo‘yadi. Lekin u aslida o‘lmaydi, faqatgina o‘zini qiynaydi. Bu vasvasa.

Uni ketkazadigan narsa — to‘g‘ri ilm, qadar haqiga iymon va Allohni tanish. Shunda barchasi joy-joyiga tushadi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

2

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026