Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Tush va vasvasa

Tush va vasvasa

Nashr sanasi: August 20, 2025

Savol :

Ustoz, 20 kuncha oldin bir tush ko‘rdim. Tushimda qo‘y menga qarab: “Biz kuzgacha o‘lamiz”, – deb aytdi. “Qurbonlikka so‘yilsa kerak-da”, – dedim. “Yo‘q, biz o‘lamiz”, – deb, meni ham qo‘shib aytgan ekan. Cho‘chib: “Astag‘firulloh desang-chi”, – deb aytdim tushimda. Uyg‘ongach, chap tarafimga tuflab, Allohdan panoh so‘radim. Ammo “tushni hech kimga aytmaslik kerak”ligiga uncha ahamiyat bermabman. Alloh saqlasin, o‘sha kundan buyon hozir xotirjam emasman, vasvasa bo‘lganga o‘xshayapman. Nima qilsam ekan? O‘sha kuni aslida qo‘ylarga qarab turib, o‘lim haqida o‘ylagan edim.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Tushingizda qo’y “Biz kuzgacha o‘lamiz” deb aytgan bo’lsa vasvasaga tushmasdan u o‘z jamoasini aytyapti deb tushunib qo‘ysangiz bo‘ladi, chunki Alloh subhanahu va taolo bizni yaratdi va bizga umr belgiladi. Bu belgilangan umrdan bir lahza ham oldin ketmaymiz, bir lahza ham ortiq qolmaymiz.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalamu ‘ala rasulillahi va ba’d. Endi qo‘y “sen o‘lasan” demabdi, har holda “biz” deb o‘zini, ya’ni qo‘ylarni aytgan. O‘shanda “biz” degan qo‘ylarning ichiga siz nega o‘zingizni kiritayapsiz? “Biz o‘lamiz” deganda, ya’ni o‘z jamoasini aytyapti deb tushunib qo‘ysangiz bo‘ladi.

Birinchidan, bu faqat tush. Ikkinchidan, agar qo‘y sizga “sen o‘ylaganingdek bo‘ladi” deganida ham, buning nima ma’nosi bor? Alloh taolo “Yuhyi va yumit” – hayotni ham, o‘limni ham faqat O‘zi beradi. Alloh subhanahu va taolo bizni yaratdi va bizga umr belgiladi. Bu belgilangan umrdan bir lahza ham oldin ketmaymiz, bir lahza ham ortiq qolmaymiz.

Unday bo‘lgandan keyin bu qo‘rqishga, vasvasaga hojat yo‘q. Siz ham o‘zingiz aytyapsiz: “Vasvasa bo‘ldimmi ekan?” – deb. Demak, bu vasvasa. Bunaqangi tushlarni gapirmaslik kerak. Gapiradigan bo‘lsangiz ham yaxshiroq ta’bir bilan aytiladi. Ya’ni “biz yaqinda o‘lamiz” degani – o‘sha qo‘y o‘zini aytyapti, tamom. Axir qo‘y bo‘lgandan keyin so‘yiladi. Sizning “men ham o‘lamanmi” deb qo‘shib yuborishingiz noto‘g‘ri. O‘lish – haqiqat, hammamiz o‘lamiz. Siz emas, biz hammamiz.

Hech kim bu dunyoda qolmaydi. Har kim ketadi, hech kim abadiy yashamaydi. Alloh taolo Qur’onda aytadi:

“Ey Rasululloh, sizdan oldingi odamlarga ham biz mangu qolishni qilib bermadik. Siz ham o‘lasiz, ular ham o‘ladi. Innaka mayyitun va innahum mayyitun.”

Ya’ni Alloh Rasulullohga qaratib aytyapti: “Siz o‘lasiz, ular ham o‘ladi.” Demak, hammamiz o‘lamiz.

Shuning uchun bu narsani qo‘y aytyapti deb emas, Allohning kalomi sifatida tushunishimiz kerak. Demak, “men o‘laman ekan” deb amaldan to‘xtab qolmang. Aksincha, “o‘laman” deb amalni kuchaytiring. Chunki o‘lish aniq.

Shunday ekan, biz o‘sha o‘limdan keyingi hayotga tayyorlanishimiz kerak. Umrimiz qancha belgilangan bo‘lsa, shuni yashaymiz. Alloh bergan umrni hech kim olib qo‘ya olmaydi, Alloh bermagan umrni hech kim in’om qilolmaydi. Bunga iymonimiz komil.

Shunday ekan, bor umrimizni toat-ibodatda, yaxshilikda o‘tkazib qolishimiz kerak.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025