Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Bolaning boshiga yo‘l tushsa, “bismillah” deb yozib qo‘yish kerakmi?

Bolaning boshiga yo‘l tushsa, “bismillah” deb yozib qo‘yish kerakmi?

Nashr sanasi: August 9, 2025

Savol :

Ustoz, bolaning boshiga “yo‘l” tushsa, nima qilish kerak?
Ba’zilari “boshining orqasiga Bismillah deb yozib qo‘yish kerak” deyishadi. Bu bid’at amal emasmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

“Yo‘l tushish” — ya’ni bosh terisida soch chiqmay qoladigan mayda doira hosil bo‘lishi — odatda vitamin yetishmasligidan bo‘ladi. Bunga Bismillah deb yozib qo‘yishning hech qanday shariatdagi asosi yo‘q.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

“Yo‘l tushish” — ya’ni bosh terisida soch chiqmay qoladigan mayda doira hosil bo‘lishi — odatda vitamin yetishmasligidan bo‘ladi. Bunga Bismillah deb yozib qo‘yishning hech qanday shariatdagi asosi yo‘q. To‘g‘ri yo‘li — shifokorga murojaat qilish, kerakli vitamin va dori vositalarini ishlatish.

Bu holat hatto katta odamlarda ham bo‘ladi: ba’zan boshning ayrim joyida soch to‘kilib qoladi, keyinchalik esa o‘zidan-o‘zi qayta chiqadi. Demak, bu narsa sababga bog‘liq — asosan vitamin yetishmasligi yoki boshqa tibbiy omillar sabab bo‘ladi.

Shuning uchun bunday paytda tibbiy chora-tadbirlarni ko‘rish kerak, bid’at amallar bilan shug‘ullanish emas.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026