Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Singlim eridan taloq so‘rasa bo‘ladimi?

Singlim eridan taloq so‘rasa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: August 7, 2025

Savol :

Singlim erinikidan arazlab kelganiga sakkiz oy bo‘ldi. Bir farzandi bor. Shu vaqt mobaynida eriga umuman murojaat qilmadi. Eri esa boshqa oilasi bilan yashamoqda. Singlimning eriga qaytish niyati yo‘q. Otam ham endi bu munosabatdan umidini uzdi, chunki singlimning qaynonasi ilgari ko‘p zulm qilgan. Hozirda singlimga sovchilar chiqmoqda. U eridan taloq so‘rasa bo‘ladimi? Yoki otam taloq so‘rashni talab qilsa, joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu kabi masalalarda noaniqlik (mujmal) asosida hukm chiqarib bo‘lmaydi. Sakkiz oy kam vaqt emas, ammo bu davr mobaynida er tomonidan hech qanday aloqa yoki javob bo‘lmagan bo‘lsa, holatni aniq o‘rganish lozim.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu kabi masalalarda noaniqlik (mujmal) asosida hukm chiqarib bo‘lmaydi. Sakkiz oy kam vaqt emas, ammo bu davr mobaynida er tomonidan hech qanday aloqa yoki javob bo‘lmagan bo‘lsa, holatni aniq o‘rganish lozim.

Eng avvalo, ota-ona yoki vakillar orqali er bilan ochiq muloqot o‘rnatilsin. Undan aniq so‘ralsin: “Ayolingni taloq qildingmi yoki yo‘q? Uni tutmoqchisanmi yoki yo‘q?” Agar er: “Men javobini berganman”, desa va bu vaqt ichida iddasini (uch hayz) o’tkazgan bo’lishi ham mumkin, va boshqa kishiga turmushga chiqishi joiz bo‘ladi.

Agar er hali taloq bermagan bo‘lsa, unda undan rasmiy taloq berishini so‘rash kerak. Chunki taloq erning og‘zidan yoki yozma ravishda aniq ifoda etilishi kerak.

Agar arazlab ketgan vaqtda er tomonidan “Sen menga kerak emassan” yoki shunga o‘xshash taloq ma’nosini anglatuvchi so‘zlar aytilgan bo‘lsa, u holat ham fiqhiy jihatdan tekshirilib, taloq tushgan-tushmaganini aniqlash lozim.

Shuning uchun ota-ona masalani hissiy emas, aniq dalillarga asoslangan tarzda hal qilishga harakat qilsinlar. Aks holda, nikoh haligacha davom etayotgan bo‘lishi mumkin va boshqaga turmushga chiqish harom bo‘lib qoladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Hayvonlarni hayvonot bog‘ida saqlash ularga zulm emasmi? Bu gunoh emasmi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Qiz otasiga quloq solmay johil yigitga tegsa, ota gunohkor bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025