Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ayol ajrashgan erining familiyasida qolsa bo‘ladimi?

Ayol ajrashgan erining familiyasida qolsa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: August 1, 2025

Savol :

Ayol ajrashgan erining familiyasida qolishi joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ha, ajrashgandan so‘ng erining familiyasidan chiqib, o‘z familiyasiga o‘tib olgani yaxshi. Ammo chiqmasa ham bo‘ladimi, degan savolga kelsak — ayrim zaruriy holatlar bo‘lishi mumkin. Masalan, hujjat ishlari bo‘yicha muammo tug‘ilishi, yoki boshqa muayyan sabablar mavjud bo‘lsa, istisno tarzida ma’lum muddat erining familiyasida qolishi mumkin.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, ajrashgandan so‘ng erining familiyasidan chiqib, o‘z familiyasiga o‘tib olgani yaxshi. Ammo chiqmasa ham bo‘ladimi, degan savolga kelsak — ayrim zaruriy holatlar bo‘lishi mumkin. Masalan, hujjat ishlari bo‘yicha muammo tug‘ilishi, yoki boshqa muayyan sabablar mavjud bo‘lsa, istisno tarzida ma’lum muddat erining familiyasida qolishi mumkin.

Lekin aslida inson o‘z otasining familiyasida bo‘lishi kerak. Chunki erning familiyasiga o‘tish majburiyatdan bo‘lgan edi. Endi oila buzilganidan keyin, ayolning erining familiyasida qolishi fitna va tushunmovchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun imkon qadar, agar hech qanday zarurat bo‘lmasa, erining familiyasidan chiqib, o‘z familiyasiga o‘tib olgani afzal hisoblanadi.
Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026