Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Koreyada kimdir liftga Allohni so‘kadigan gaplar yozib ketyapti, qanday yo‘l tutaylik?

Koreyada kimdir liftga Allohni so‘kadigan gaplar yozib ketyapti, qanday yo‘l tutaylik?

Nashr sanasi: July 25, 2025

Savol :

Ustoz, men Koreyada yashayman. Shu kunlarda masjidimiz liftiga kimdir kufr gaplar yozmoqda — Allohni haqorat qilayapti. Yozgan odam koreys bo‘lishi mumkin, aniq emas. Biz yozuvlarni o‘chirayapmiz, lekin u yana yozadi — hatto oldingidan ham yomonroq so‘zlar bilan.
Shunday vaziyatda biz nima qilishimiz kerak?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu — zaiflik holati. Qo‘lingizdan kelganicha yozuvlarni o‘chirib, isloh qilishga harakat qiling. Allohga bu so‘zlar zarar yetkaza olmaydi — U ulug‘ va qudrat egasi. Kim yozayotganini qonuniy yo‘l bilan aniqlashga urining, lekin ehtiyot bo‘ling — musulmonlarga zarar yetmasin. Har doim taqvo, sabr va hikmat bilan ish tuting.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu — zaiflik holati. Kuch bilan to‘xtatish imkoningiz bo‘lmasa, qo‘lingizdan kelganicha isloh qilishga harakat qiling. Yozuvlarni har safar o‘chirib tashlang. Bu so‘zlar Allohga hech qanday zarar yetkazmaydi. Alloh taolo ulug‘, qudrat egasi. U bunday johil insonning qalbini ko‘r qilib qo‘ygan, xohlasa uni halok qiladi.

Agar qonuniy yo‘ldan kim yozayotganini aniqlash imkoningiz bo‘lsa, rasmiy tartibda murojaat qiling. Bunday xatti-harakatlarning jiddiy ekanini tushuntiring. Lekin ehtiyot bo‘ling — beparvolik yoki keskin javoblar sizga va boshqa musulmonlarga zarar keltirishi mumkin. Chunki sizlar xorijda yashayapsizlar va bu yerda o‘zbek, musulmon muhojirlarning obro‘si ham sizning xatti-harakatlaringizga bog‘liq.

Shuning uchun bu ishda taqvo bilan, sabr va hikmat bilan harakat qiling. Qur’onda va Sunnatda zaif holatdagi musulmonlar qanday yo‘l tutishi kerakligi haqida ko‘p ibratlar bor. Rasululloh ﷺ Makkada zaiflik davrida butlarni sindirmadilar — lekin vaqt-soati kelgach, birontasini ham qoldirmadilar. Bu — zaiflik holatlarida qanday muomala qilish kerakligini o‘rgatuvchi fiqhiy uslubdir.

Xulosa:

  • Yozuvlarni darhol o‘chiring — iloji boricha iz qoldirmang.

  • Kim yozayotganini qonuniy yo‘l bilan aniqlashga harakat qiling.

  • Masalani to‘g‘ri tushuntirib, rasmiy joylarga murojat qiling.

  • Musulmonlarga zarar kelmasligi uchun ehtiyotkorlik bilan yondoshing.

  • Har doim taqvo, sabr va hikmat bilan harakat qiling.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026