Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ovsini bilan bir kvartirada yashaydigan ayolning savoli.

Ovsini bilan bir kvartirada yashaydigan ayolning savoli.

Nashr sanasi: July 25, 2025

Savol :

Ustoz, biz bir kvartirada ovsinim bilan yashaymiz. Ovsinim bolalari bilan bitta xonada yashaydi. Uning eri Rossiyadan kelmoqchi ekan, kelib shu kvartirada xotini bilan birga yashar emish.

Men bu gapni eshitib, turmush o‘rtog‘imga: “Agar ukangiz kelsa, men uyimga ketaman. U ketsa, qaytib kelaman,” dedim. Shunda erim: “Bilganingni qil — xohlasang qol, xohlamasang katta ko‘chaga chiq,” deb aytdi.

Ustoz, nima maslahat berasiz? Qanday yo‘l tutay?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bunday holatda murosa bilan, taqvo asosida harakat qiling. Eringizni ranjitmasdan, ammo nomahramlik chegaralariga qat’iy rioya qiling. Bu holat vaqtinchalik bo‘lishi mumkin — sabr qiling, ehtiyot choralarini ko‘ring. Ammo Allohning chegarasini, ya’ni nomahramlik masalasini aslo buzmang.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bunday masalani murosa bilan hal qilishga harakat qiling. Vaziyatni haddan ortiq keskinlashtirishga hojat yo‘q.

Avvalo, imkon qadar taqvo bilan ish tuting. Eringizning ukasi kelganida ham, ehtiyot choralarini ko‘rib, hurmatni saqlagan holda yashash yo‘lini izlang. Hayotda ba’zida shunday holatlar bo‘ladi: men uchta oilaning bitta uyda sabr bilan yashaganini ko‘rganman.

Doimo har kimga alohida uy bo‘lavermaydi. U Rossiyada ishlayotgan bo‘lsa, balki vaqtincha yashab, yana ketib qoladi. Shunday bo‘lsa, bu holatni muvaqqat (vaqtinchalik) qiyinchilik deb ko‘ring.

Shuningdek, eringiz ham o‘z ukasining holatiga rahm qilgan bo‘lishi mumkin. Inson bo‘lib, imkoniyatimiz borida yordam berish ham bir savob ishdir. Shuning uchun, er-xotin orasidagi mehrni saqlab, uyda tinchlikni saqlashga harakat qiling.

Lekin Allohning chegaralarini poymol qilmaslik kerak. Mahram va nomahramlik masalalarida albatta ehtiyot bo‘ling, bu yerda keskin chiziq bor. Qolgan masalalarda sabrli bo‘lishingiz — Alloh oldidagi taqvoyingizning belgisidir.

Shunday ekan:

  • Taqvo bilan harakat qiling.

  • Eringizni xursand qilishga harakat qiling.

  • Ehtiyot choralarini ko‘rib, bu holatni vaqtinchalik qiyinchilik sifatida qabul qiling.

  • Lekin dinimizning cheklovlari — nomahramlik chegarasini hech qachon buzmaslik kerak.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026