Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Ibrat uchun g‘iybat qilsa bo‘ladimi?

Ibrat uchun g‘iybat qilsa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: July 24, 2025

Savol :

Uyimizda yoshi kattalar bor. Ular har kuni deyarli doim atrofdagi odamlar yoki qarindoshlar haqida g‘iybat qilishadi. Ularni bu ishdan qaytarsak, “Biz sizlarga ibrat bo‘lsin deb aytyapmiz, bu g‘iybat emas,” deb jahl qilishadi. Men esa, shu holatlarda ularga qo‘shilmay turgan bo‘lsam-da, ichimda “ular bilan o‘tirib, eshitib turganim sababli men ham gunohkormanmi?” degan savol tug‘iladi. Shunday vaziyatda qanday yo‘l tutishimiz kerak?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar siz g‘iybatga qo‘shilmasangiz, unga rozilik bildirmasangiz va ichingizda undan nafratlansangiz — siz javobgar bo‘lmaysiz. Ammo imkon topilsa, yaxshilik bilan to‘xtatishga harakat qilish – eng afzal yo‘ldir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bunday holatlarda, albatta, hikmat bilan yondashish kerak.

Agar gap haqiqatan g‘iybat bo‘lsa — ya’ni o‘sha odam aytilayotgan narsani eshitsa, bundan ranjiydigan bo‘lsa — bu gunoh bo‘ladi, hatto “ibrat uchun aytdik” degan bahona bilan bo‘lsa ham. Chunki niyat yaxshi bo‘lsa ham, ifoda shakli, ohang, uslub va maqsad noto‘g‘ri bo‘lsa, bu g‘iybatdan ajralmaydi.

Bu holatda sizda ikki yo‘l bor:

  1. Isloh qilish – Yumshoq so‘z bilan, hurmatni saqlagan holda ularni to‘xtatishga harakat qilish. Agar to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytolmasangiz, mavzuni o‘zgartirish, muloyim tanbeh berish yoki gapni chalg‘itish orqali ogohlantirish mumkin.

  2. Ishtirok etmaslik – Agar ularni to‘xtata olmasangiz va g‘iybat davom etayotgan bo‘lsa, suhbatdan chekinish, boshqa joyga o‘tish yoki ichki norozilik bilan yurakdan rad etish lozim.

Xulosa:
Agar siz g‘iybatga qo‘shilmasangiz, unga rozilik bildirmasangiz va ichingizda undan nafratlansangiz — siz javobgar bo‘lmaysiz. Ammo imkon topilsa, yaxshilik bilan to‘xtatishga harakat qilish – eng afzal yo‘ldir.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Hayvonlarni hayvonot bog‘ida saqlash ularga zulm emasmi? Bu gunoh emasmi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Qiz otasiga quloq solmay johil yigitga tegsa, ota gunohkor bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025