Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Bolaning nafaqa puliga aqiqa qilsa bo‘ladimi?

Bolaning nafaqa puliga aqiqa qilsa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: July 18, 2025

Savol :

Ustoz, bola uchun beriladigan nafaqa puliga qo‘y olib, aqiqa qilishim mumkinmi? Yoki o‘zimning pulim yetmagani uchun o‘sha nafaqadan biroz qo‘shsam bo‘ladimi? Bu gunoh yoki zulm bo‘lib qolmaydimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bola nafaqasi uning foydasi uchun sarflanadi. Aqiqa ham bola uchun qilinadigan amal bo‘lgani sababli, agar ota-ona o‘z mablag‘i yetmasa, nafaqadan qo‘shib aqiqa qilish joiz. Bu ishda na gunoh, na zulm yo‘q.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Vallāhu a‘lam, bu masalada ish yengilroq hisoblanadi. Chunki bola uchun berilgan nafaqa aslida uning manfaatlari yo‘lida ishlatiladi. Ota-ona bu mablag‘dan bola uchun turli xarajatlar qiladi, nafaqat oziq-ovqat yoki kiyim, balki unga foyda bo‘ladigan har qanday ishlarga sarflashi mumkin.

Aqiqa esa — bolaning foydasi uchun qilinadigan diniy amaldir. Shuning uchun, agar ota-ona o‘z mablag‘i yetmay, bola nafaqasidan ozroq qo‘shib aqiqa qilsa, bu joiz bo‘ladi. Bu ishda na zulm bor, na gunoh.

Shuningdek, aqiqa qilishda:

“Faqat otaning cho‘ntagidan bo‘lsin”, degan qat’iy talab shariatda yo‘q.

Agar ota nafaqani jamg‘argan bo‘lsa va o‘sha puldan aqiqa qilsa — bu bola manfaatiga ishlatilgan hisoblanadi. Asosiy narsa — niyat to‘g‘ri bo‘lishi.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Uch kishi sheriklik asosida qilayotgan ish haqida.

    September 5, 2025
  • Musulmon kofir yurtda yashasa bo‘ladimi?

    September 4, 2025
  • Tojikistonda “halol” muhri bosilgan kolbasalarni yesak bo‘ladimi?

    September 4, 2025
  • Homilasini tushirgan ayol kafforati uchun nima qilishi kerak?

    September 4, 2025
  • Taloq deb sms yozayotib, fikridan qaytsa taloq tushadimi?

    September 4, 2025
  • Nikohga oid savol.

    September 4, 2025