Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Uyni bitishidan avval sotib olish hukmi.

Uyni bitishidan avval sotib olish hukmi.

Nashr sanasi: July 16, 2025

Savol :

Hozirda hali qurilishi tugamagan baland qavatli uylardan oldindan sotib olish joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ulamolarning ta’kidlashicha, bu holat joiz sanaladi. Bu — “istisnо” (ya’ni buyurtma asosida tayyorlanadigan narsa) bobiga kiradi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ulamolarning ta’kidlashicha, bu holat joiz sanaladi. Bu — “istisnо” (ya’ni buyurtma asosida tayyorlanadigan narsa) bobiga kiradi.

Istisno degani — odam hunarmandga, tikuvchi yoki zavodga oldindan pul berib, biror mahsulot yasatishidir. Masalan:

  • Mashina, mebel, kiyim yoki kitob buyurtma qilasiz,

  • Oldindan pul to‘laysiz,

  • Mahsulot keyinchalik tayyorlanadi.

Uylarda ham shu kabi holat: hali qurilishi tugamagan bo‘lsa-da, aniq shartlar asosida oldindan kelishib, sotib olish mumkin. Biroq bu ishda aniqlik juda muhim:

  1. Qurilish qachon tugashi aniq belgilangan bo‘lishi kerak.

  2. To‘lov miqdori va to‘lov tartibi ochiq-oydin kelishilgan bo‘lishi kerak.

  3. Uyning rejasi (chizmasi), o‘lchami, kvadrati, sifati va qanday materiallardan foydalanilishi haqida to‘liq ma’lumot berilishi lozim.

  4. Hech qanday mojaroga sabab bo‘lmaydigan tarzda shartnoma tuzilsa — bu holatda bunday uylarni oldindan sotib olish joiz hisoblanadi.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026