Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Nomahram bo‘lish uchun balog‘atga yetish shart qilinadimi?

Nomahram bo‘lish uchun balog‘atga yetish shart qilinadimi?

Nashr sanasi: July 13, 2025

Savol :

Ustoz, balog‘at yoshiga yetay deb qolgan qizlarim bor. Ovsinimning esa shu yoshdagi yoki undan sal kichik yoshdagi o‘g‘illari bor. Ular bir-birlariga nomahram sanaladimi yoki nomahram sanalishi uchun balog‘atga yetgan bo‘lishlari kerakmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ha, bu holatda nomahram sanaladilar. Chunki hijob va nomahramlik faqat balog‘at yoshi bilan emas, jinsiy qiziqish uyg‘ona boshlagan yosh bilan ham bog‘liq.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, bu holatda nomahram sanaladilar. Chunki hijob va nomahramlik faqatgina balog‘at yoshi bilan belgilanmaydi — insonning jinsiy qiziqish tug‘ila boshlagan yoshi ham inobatga olinadi. Qiz bola ham, o‘g‘il bola ham o‘zgarishlar sezilarli bo‘lib qolgan, ya’ni qaraydigan, jilmayadigan, o‘zaro ta’sirlashadigan yoshga kirgan bo‘lsa — ular orasida hijob va ehtiyot choralari joriy qilinadi.

Yomonliklar ko‘pincha “bola-ku hali” degan yondashuvdan boshlanadi. Shuning uchun, qiz va o‘g‘il alohida ushlab turilishi, birga yolg‘iz qolishlariga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Ayniqsa, jismoniy balog‘at alomatlari ko‘rina boshlagan bo‘lsa, bu masalaga jiddiy e’tibor qaratish zarur.

Hijob — faqat to‘liq balog‘at yoshi bilan emas, balki fitna xavfi paydo bo‘lishi bilan ham bog‘liq. Shunday ekan, qarama-qarshi jinslar o‘rtasida ehtiyot choralari ertaroq boshlanishi lozim.

Xulosa:
Agar ular bir-birlariga qarashli, ta’sirlanishli yoshga yetgan bo‘lsalar — nomahram hisoblanadilar, ularni ajratish, hijobga o‘rganitish va yolg‘iz qoldirmaslik kerak.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025