Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Ilm >Boshqa joyda ilm olishiga ustozi norozi bo’lsa nima qilish kerak?

Boshqa joyda ilm olishiga ustozi norozi bo’lsa nima qilish kerak?

Nashr sanasi: July 8, 2025

Savol :

Men bir ustozda Qur’oni Karimni yodlab tugatdim. Alhamdulillah, yoshim yigirma ikkida. Endi ilm o‘rganish uchun boshqa bir hujraga bormoqchi bo‘lsam, birinchi ustozim bundan norozi bo‘layotgandek. Nima qilay, maslahat bering.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar birinchi ustozingiz sizga kerakli ilmni bera olmasa, foyda bo‘lgan joyga borib ilm olish joiz. Rasululloh ﷺ: “O‘zingga foydali narsaga intil, Allohdan yordam so‘ra, va ojiz bo‘lma”—deganlar.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar birinchi ustozingiz sizga kerakli ilmni bera olmas ekan, unda o‘zingizga foydali bo‘lgan joyga borishingiz joiz. Rasululloh ﷺ:
“O‘zingga foyda keltiradigan narsaga intil, Allohdan yordam so‘ra va ojiz bo‘lma” – deganlar (Muslim rivoyati).

Shuning uchun, kimda foyda bo‘lsa, o‘sha joyga borib ilm oling. Bu yerda ustozni xafa qilish niyatida emassiz, balki vaqtingizni behuda sarflamasdan, umrni ilm bilan to‘ldirishni xohlaysiz.

Afsuski, ba’zida ustozlar shogird ketayotganidan ranjiydi. Lekin bu holat sog‘lom ilm muhitiga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki ilm shaxsga emas, Alloh rizoligiga bog‘liq bo‘lishi kerak. Siz odob bilan, iltifot bilan ustozingizga bu qaroringizni tushuntiring.

Agar u kishi sizni chin dildan yaxshikorsa, bu qarorni tushunadi. Agar tushunmasa ham, siz haqqoniy ilm talabida bo‘layotganingiz uchun aybdor emassiz.

Umringizdan, yoshingizdan to‘g‘ri foydalaning. Foyda qayerda bo‘lsa — ilmni o‘sha yerda oling.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Chaqaloqqa yosh bola ovozida Qur’on o‘qib berish joizmi?

    July 16, 2025
  • Tik turib dars qilish joizmi?

    July 13, 2025
  • Qur’on eshitib turgan holda ish qilish, ovqatlanish yoki suhbatlashish joizmi?

    July 12, 2025
  • Himmatni qanday oliy qilish mumkin?

    July 9, 2025
  • Madrasada o‘qiganim yaxshi mi yoki uyda o‘qiganim?

    July 2, 2025
  • Alloh nega farishtalarga emas, Odamga barcha narsalarning nomini o‘rgatdi?

    July 1, 2025