Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Hadisda aytilgan g‘ariblar safiga tolibi ilmlar ham kiradimi?

Hadisda aytilgan g‘ariblar safiga tolibi ilmlar ham kiradimi?

Nashr sanasi: January 26, 2026

Savol :

Ustoz, shariatni o‘rganayotgan tolib va tolibalar ham hadisda aytilgan g‘ariblar safiga kiradimi? Chunki hadisda g‘ariblar odamlar buzilganda ularni isloh qiladilar, deyilgan. Ilm talabida yurganlarning ham maqsadi shunday bo‘lsa, ular ham shu safiga kiradimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Albatta, agar u haqiqiy tolib yoki toliba bo‘lsa va odamlarni isloh qilish yo‘liga kirsa, jamiyatning o‘zi uni g‘aribga aylantirib qo‘yadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Albatta, agar u haqiqiy tolib yoki toliba bo‘lsa va odamlarni isloh qilish yo‘liga kirsa, jamiyatning o‘zi uni g‘aribga aylantirib qo‘yadi. Ya’ni, bu yo‘lga kirgan odam o‘z-o‘zidan g‘arib bo‘lib qoladi. Xuddi Varaqa ibn Navfal Rasululloh ﷺ ga aytganlaridek: “Siz keltirgan narsani kim keltirgan bo‘lsa, albatta unga dushmanchilik qilingan.”

Agar inson haqiqiy tolibi ilm bo‘lib, isloh yo‘lidan yursa, bugungi jamiyatda u o‘z-o‘zidan g‘aribga aylanadi va g‘arib bo‘lib qoladi. Alloh taolo O‘zi g‘ariblarga jannatni nasib qilsin, O‘z yo‘lida isloh qiluvchilardan barchamizni qilsin. Allohumma omin.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026