Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Bolalar bog‘chasiga fond uchun pul berish halolmi?

Bolalar bog‘chasiga fond uchun pul berish halolmi?

Nashr sanasi: July 1, 2025

Savol :

Ustoz, biz Rossiyada yashaymiz. Farzandlarim bog‘chaga boradi. Bog‘chada har yili fondga va o‘qituvchilarga deb pul yig‘iladi. Yig‘ilgan puldan o‘qituvchilar va tarbiyachilarning tug‘ilgan kunlari va 8-mart kabi sanalarda sovg‘a olinadi. Shu pullarni berishimiz bilan biz ham harom ishlarga hissa qo‘shgan bo‘lamizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Vallohu a‘lam, bu holat siz pul bergan vaqtdagi niyatingizga bog‘liq. Agar siz bu mablag‘ni farzandingizga ta’lim-tarbiya berayotgan o‘qituvchilarning xizmatiga, ya’ni umumiy rag‘bat va qadrlash maqsadida berayotgan bo‘lsangiz — bunda xato yo‘q.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Vallohu a‘lam, bu holat siz pul bergan vaqtdagi niyatingizga bog‘liq. Agar siz bu mablag‘ni farzandingizga ta’lim-tarbiya berayotgan o‘qituvchilarning xizmatiga, ya’ni umumiy rag‘bat va qadrlash maqsadida berayotgan bo‘lsangiz — bunda xato yo‘q.

Chunki bu yig‘ilgan pul faqat 8-mart yoki tug‘ilgan kunlar uchungina emas, balki boshqa holatlar — taqdirlash, mehnatni qadrlash va yaxshi munosabat evaziga ham bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, siz bu pullarni “farzandimga tarbiya berganlari uchun xizmat haqqi sifatida” deb niyat qilgan holda bersangiz, bu joiz bo‘ladi.

O‘qituvchi bu pullarni keyin nimaga ishlatadi — bu uning javobgarligi. Siz xizmatiga bergan bo‘lasiz, u kishi esa shaxsiy xohishiga ko‘ra sarf qiladi. Masalan, bir odam sizning uyda ish qiladi va siz unga pul to‘laysiz. U kishi o‘sha pulni nos yoki aroqqa ishlatsa — siz emas, u javobgar bo‘ladi.

 Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026