Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Kargoda ishlayman. Tovarlar yo‘lda sinib ketsa, Xitoydan pulini olib, mijozga beramiz. Bu ishimiz to‘g‘rimi?

Kargoda ishlayman. Tovarlar yo‘lda sinib ketsa, Xitoydan pulini olib, mijozga beramiz. Bu ishimiz to‘g‘rimi?

Nashr sanasi: July 1, 2025

Savol :

Ustoz, men kargoda ishlayman. Odamlarning yukini Xitoydan olib keltirib beraman. Agar tovarlar sinsa, biz Xitoyliklardan pulini olib, klientlarga beramiz. Lekin tovarlar asosan yo‘lda sinadi.
Xitoyliklar ba’zida pulimizni qaytarib beradi, ba’zida esa “tovarni qaytarib yuboringlar” deydi. Ammo biz ularni qaytarib yubora olmaymiz. Shu ishimiz to‘g‘rimi? Gunohkor bo‘lib qolmaymizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar mijoz bilan oldindan “sinishga javobgarman” deb shartlashilgan bo‘lsa — ha, to‘g‘ri. Ammo bunday javobgarlikni olmagan bo‘lsangiz, avvaldan ayting: “Yo‘ldagi sinishga javobgar emasman.” Shart asosida ish tutsangiz, gunoh bo‘lmaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Islomda “al-muslimūna ʿalā shurūṭihim” – ya’ni “Musulmonlar o‘z shartlariga sodiq bo‘ladilar” degan qoida bor. Agar siz mijozlar bilan oldindan shartlashib, “yo‘ldagi sinishlarga men javob beraman” deb aytgan bo‘lsangiz, shunga binoan javobgarlik sizga tushadi.

Agar sizning Xitoy bilan qilgan shartnomangizda ular sinib yetgan tovar uchun pulini qaytarib berayotgan bo‘lsa, va siz ham mijozga o‘rnini qoplab berayotgan bo‘lsangiz — bu holat joiz, chunki har ikki tomon rozilik bilan ish tutmoqda.

Lekin agar siz tovar sinishi holatida Xitoydan tovon ololmasangiz yoki qaytarib yuborishning imkoni bo‘lmasa, mijoz bilan oldindan shartlashib qo‘ying:
“Yo‘ldagi sinishlarga men javobgar emasman,” deb aniq ayting. Shunda gunohdan qochgan bo‘lasiz.

Xulosa:
– Oldindan shartni aniq qo‘ying.
– Xitoy bilan shart asosida ishlayotgan bo‘lsangiz va mijozga tovonni qaytarayotgan bo‘lsangiz, bu joiz.
– Javobgarlikni oldindan inkor qilmagan bo‘lsangiz, uni zimmanizga olgan bo‘lasiz.
Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025