Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Imom namozda kiyimidagi najosatni sezib qolsa nima qiladi?

Imom namozda kiyimidagi najosatni sezib qolsa nima qiladi?

Nashr sanasi: July 1, 2025

Savol :

Ustoz, imomlikga o’tgan kishi namoz paytida ich kiyimiga najosat tegib qolganini sezsa, nima qilishi kerak?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar najosat oz miqdorda bo‘lsa — namozni davom ettiradi. Agar ko‘p miqdorda bo‘lsa — namozni to‘xtatib, poklanib qayta o‘qiydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu holatda qaraladigan narsa — najosatning kattaligi yoki kichikligi. Agar najosat juda oz bo‘lsa, namozni davom ettiraverish mumkin. Chunki kichik hajmdagi najosat shariatda kechirilgan (ma’fu) holatlardandir.

Ulamolar bu masalada turli ijtihod qilganlar. Masalan, Imom Abu Hanifa rahimahullohning ijtihodiga ko‘ra, najosati ghaliza (ya’ni og‘ir najosat — siydik, axlat, va h.k.) tirnoqchalik miqdorda (ya’ni ozgina) bo‘lsa, namozga zarar qilmaydi.

Bu o‘lchov ba’zilar tomonidan quyidagicha tushuntirilgan: qo‘lni ochgan holatda kaftga suv solinsa, qancha joyni egallasa — shuncha joychalik najosat tegsa ham, namoz buzilmaydi.
Ammo shu miqdordan ko‘proq bo‘lsa — unda namoz buziladi va uni to‘xtatib, najosatni ketkazib, qaytadan o‘qish kerak bo‘ladi.

Ba’zi fuqaholar esa, kiyimdagi poklikni namozning shartlaridan hisoblamaganlar. Ularning fikriga ko‘ra, agar najosat bilinmay turib tegib qolgan bo‘lsa, namoz o‘taveradi. Ammo namoz ichida bilib qolsa, najosatning miqdoriga qaraladi.

Agar bu najosat yuqorida aytilgan kechirilgan miqdordan kichik bo‘lsa — namozni davom ettirish joiz.
Agar katta bo‘lsa — masalan, burundan qon ketgandek, o‘sha holatdagi kabi namozni buzish kerak bo‘ladi, va boshqa kishi imom o’rniga o‘sha joyga o‘tib namozni davom ettiradi.


Xulosa:
Najosat kichik bo‘lsa — namozni davom ettirish mumkin.
Najosat ko‘p bo‘lsa — namozni to‘xtatib, najosatdan poklanib, qayta o‘qish kerak.
Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Namozda Fotiha surasini imomdan avval tugatish hukmi.

    October 4, 2025
  • Sajdada oyoq barmoqlari yerdan uzilsa namoz buziladimi?

    October 1, 2025
  • Imom namoz yarmida tahorati yo‘qligini eslasa, nima qiladi?

    September 14, 2025
  • Bir kishi bir namozda ikki jamoatga imom bo‘lishi.

    September 13, 2025
  • Ayollar namozxonasi masjiddan ajralgan bo‘lsa, imomga iqtido qilsa bo‘ladimi?

    September 11, 2025
  • Imom bilan muqtadiylar orasida qancha masofa bo‘lishi kerak?

    September 7, 2025