Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >G‘usl vojibligini bilmasdan bir yil namoz o‘qilgan bo‘lsa, nima qilish kerak?

G‘usl vojibligini bilmasdan bir yil namoz o‘qilgan bo‘lsa, nima qilish kerak?

Nashr sanasi: June 30, 2025

Savol :

Bir birodar johillik paytida shahvatini o‘zi qondirib yurgan. U maniy to‘kilganda g‘usl vojib bo‘lishini bilmagan va bu holatda faqat tahorat qilib, namoz o‘qib yurgan. Aytishicha, bu holat bir yildan ortiq davom etgan. Hozir qilgan ishi uchun pushaymon. Endi nima qilishi kerak? Yo‘l ko‘rsating.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Chin dildan tavba qilib, o‘sha bir yilgi namozlarini qazo qilsin. Janobat holatida g‘usl qilmasdan o‘qilgan namozlar sahih bo‘lmaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar u kishi maniy to‘kilgan holatda g‘usl qilmasdan namoz o‘qigan bo‘lsa, o‘sha namozlari to‘g‘ri bo‘lmagan. Chunki janobat holatida g‘usl qilmaguncha namoz o‘qish joiz emas. Bu ibodatlar sahih hisoblanmaydi.

Endi u kishi qilgan ishi uchun istig‘for aytsin, chin dildan tavba qilsin va bundan keyin bunday holatga hech qachon qaytmasin. Shuningdek, o‘sha bir yil davomida o‘qilgan barcha namozlarini qazo qilib ado etsin.

Alloh johillik bilan qilgan ishlarni tavba bilan kechiradi.
Vallāhu A‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Qiz bola necha yoshdan namoz boshlaydi?

    February 7, 2026
  • O‘limdan avval kasallik sababli 3-4 kun o‘qilmay qolgan namozlar hukmi.

    February 3, 2026
  • Inson a’zolarini ko‘chirish hukmi.

    January 31, 2026
  • Namozda farzdan keyin salom berdimmi-yo‘qmi deb ikkilansa, nima qiladi?

    January 31, 2026
  • Peshinning sunnatini 2 rakaatdan o‘qish kerakmi?

    January 28, 2026
  • Masjidga chiqayotgan kishilarning soqolini olishga majburlashyapti…

    January 26, 2026