Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Olimpiada ishtirokchilaridan pul yig‘ib, g‘oliblarga o‘sha mablag‘dan sovrin bersam, joizmi?

Olimpiada ishtirokchilaridan pul yig‘ib, g‘oliblarga o‘sha mablag‘dan sovrin bersam, joizmi?

Nashr sanasi: June 29, 2025

Savol :

Men o‘qituvchiman. Maktab bo‘yicha matematika fanidan olimpiada o‘tkazib kelaman. Unga qatnashish pulli. Har bir o‘quvchiga bir xil kitob beriladi. Olimpiada ishtirokchilari orasidan eng yuqori ball olgan 50 ta bolani tanlab, ular o‘rtasida alohida olimpiada o‘tkazsam va birinchi umumiy olimpiadadan tushgan mablag‘ni g‘olib o‘quvchilarga sovrin olish uchun ishlatsam, joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qisqa javob: Yo‘q, joiz emas. Bu — qimorga o‘xshab qoladi. Agar sovrinni boshqa homiy bersa, unda bo‘ladi. Vallohu a’lam.

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi Payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo‘lsin.

Vallohu a’lam, bu ishingiz qimorga o‘xshab qolmoqda. Chunki barcha ishtirokchilar pul to‘lab kirishmoqda, oxirida esa faqat ayrimlari o‘sha to‘plangan mablag‘dan sovrin olishmoqda. Bu — joiz emas.

Agar o‘sha sovrin pullarini chetdan, ya’ni boshqa bir inson yoki tashkilot homiy sifatida qo‘ysa, bu hol joiz bo‘ladi.

Agar sovrin o‘quvchilarning o‘zlaridan yig‘ilgan puldan bo‘lsa, bu aynan qimorga o‘xshaydi. Chunki qimor ham shunday: hammadan pul yig‘iladi, ichidan kimdir yutadi. Bu holatda ham shunga o‘xshagan bo‘lib qoladi. Bunday qilish mumkin emas.

Yaxshisi — imkon bo‘lsa, sponsor yoki homiy toping. Masalan:

“Mana shunday olimpiada o‘tkazmoqchimiz, yoshlarimiz ishtirok etmoqda. Kim sovrin qo‘yadi?”
desangiz, bu bolalarni ham qiziqtiradi, siz uchun ham savobli bo‘ladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026