Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >To‘y savatlarini yasab ijaraga berish joizmi yoki isrofga kiradimi?

To‘y savatlarini yasab ijaraga berish joizmi yoki isrofga kiradimi?

Nashr sanasi: June 27, 2025

Savol :

Ustoz, hozirgi to‘ylarda turli xil savatlarni yasatib, ijaraga berish odat bo‘lib bormoqda. Bu savatlarni yasatib ijaraga berish joizmi? Axir buni qilishga hammaning qurbi yetmaydi. Bu holat isrofga yordamlashish hisoblanmaydimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar bu savatlar haqiqatan ham isrof maqsadida ishlatilayotgan bo‘lsa, unda u holda bunga vositachi bo‘lish, ya’ni isrofga yordam berish maqbul bo‘lmaydi. Ammo shariat bunday hollarda odamlarning tirikchilik eshiklarini butunlay yopib qo‘ymaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar bu savatlar haqiqatan ham isrof maqsadida ishlatilayotgan bo‘lsa, unda u holda bunga vositachi bo‘lish, ya’ni isrofga yordam berish maqbul bo‘lmaydi. Ammo shariat bunday hollarda odamlarning tirikchilik eshiklarini butunlay yopib qo‘ymaydi.

Masalan, bir to‘yda isrof bo‘lyapti, deb qassobga “go‘sht sotma” deb aytmaymiz. Chunki u o‘zining halol kasbi bilan rizq topyapti. Xuddi shuningdek, savat yasovchi ham halol mehnat bilan savat tayyorlab, uni ijaraga berayotgan bo‘lsa — bu o‘z-o‘zidan harom bo‘lib qolmaydi.

Bu yerda asosiy masala: bu savatlar qanday niyatda va qanday ko‘lamda ishlatilayapti? Agar haddan tashqari dabdabaga, keraksiz ko‘rsatishga, hasad uyg‘otishga sabab bo‘layotgan bo‘lsa – bu isrofga kiradi va isrof esa Qur’onda qoralangan.

إِنَّ ٱلْمُبَذِّرِينَ كَانُوٓا۟ إِخْوَٰنَ ٱلشَّيَـٰطِينِ 

“Isrof qiluvchilar shaytonlarning birodarlaridir.” (Isro: 27)

Shuning uchun, bu holatda muammo savatda emas, uning qanday ishlatilayotganida. Isrof qilayotganlarga nasihat qilinadi. Ammo savat yasab ijaraga berish, o‘zida harom ish emas – halol tirikchilik bo‘lishi mumkin.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026