Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Qizim kelajakda ginekolog bo‘lishni niyat qilgan. Dinimiz bunga ruxsat beradimi?

Qizim kelajakda ginekolog bo‘lishni niyat qilgan. Dinimiz bunga ruxsat beradimi?

Nashr sanasi: June 24, 2025

Savol :

Ustoz, mening qizim hozir maktabning yuqori sinfida o‘qiydi. Alloh xohlasa, kelajakda ginekolog bo‘lishini niyat qilganmiz. Shu yo‘nalishda oliy o‘quv yurtiga kirsa, dinimiz bunga ruxsat beradimi? Turmush o‘rtog‘im esa: “Qiz bolaning o‘qishi yaxshi emas,” deyaptilar.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar hijobga rioya qilib, noshar’iy muhitlardan chetda bo‘lib o‘qisa, ginekolog bo‘lishi shar’an joiz va foydali. Ammo bu maqsadga yetishda harom vositalar ishlatilsa – ruxsat berilmaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar ayol ginekolog bo‘lsa – bu ummatga juda foydali. Ayollar uchun ginekolog ayol zarurat, bu kasb shar’an joiz. Ammo bu maqsadga yetishish yo‘lida noshariy muhitlarga aralashish, hijobdan voz kechish, erkaklar bilan aralash-o‘ralashda o‘qish kabi harom amallarga duch kelinadigan bo‘lsa – unda bu yo‘l joiz emas.

Shariatda qoida bor:

“Al-gāyah lā tubarrir al-wasīlah” – Maqsad to‘g‘ri bo‘lsa ham, vosita (yo‘l) ham shariy bo‘lishi kerak.

Ya’ni, ginekolog bo‘lib ayollarga xizmat qilish maqsadingiz yaxshi bo‘lsa-da, unga olib boradigan yo‘l harom bo‘lsa – ruxsat berilmaydi.

Agar siz qizingizni bu yo‘nalishga hijobini saqlab, ayollar bilan alohida o‘qitiladigan muhitda yetishtira olsangiz – bu nur ustiga nur. Ammo agar bunga imkoniyat yo‘q bo‘lsa, hozirgacha yetishib chiqqan halal yo‘l bilan o‘qigan ginekolog ayollardan foydalangachimiz ma’qulroq.

Xulosa: maqsad yaxshi bo‘lsa-da, yo‘l ham halol bo‘lishi shart. Aks holda, bu yo‘l bilan yurishga shariat ruxsat bermaydi.
Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Ayoli kunduzi uxlashini yoqtirmaydigan erkakning savoli.

    July 20, 2025
  • Ayol kishi erining aka-ukalariga aralashishi va eriga aql o‘rgatishi.

    July 20, 2025
  • To‘rtinchi farzand uchun eko qildirish joizmi?

    July 20, 2025
  • Boshiga urib o‘ldirilgan baliqni yesa bo‘ladimi?

    July 20, 2025
  • Ayol kishi odam gavjum joylarda niqob taqib, boshqa payt niqobsiz yursa bo‘ladimi?

    July 19, 2025
  • Yaqinlarga berilgan narsani albatta qaytarish shartmi?

    July 19, 2025