Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Farzand ko‘rishmi yoki ilm olishmi? Ayol uchun qaysi biri afzal?

Farzand ko‘rishmi yoki ilm olishmi? Ayol uchun qaysi biri afzal?

Nashr sanasi: June 17, 2025

Savol :


Ustoz, bir ayolning 3–4 nafar farzandi bo‘lsa, bu holatda yana farzandli bo‘lishi yaxshimi, yoki ilm olishga ustuvorlik berishi afzalmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Sog‘lig‘i imkon bersa, yana farzandli bo‘lish ham, ilm olish ham birga yurishi mumkin. Ikkalasi ham savobli, kerakli, va Allohga yaqin qiladigan amallardir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Avvalo, 3 yoki 4 nafar farzandli bo‘lish “ko‘p bola” hisoblanmaydi. Oldinlar bunday holatga “endi boshlagan” deyishardi — onalarimiz 8–10 nafargacha bola ko‘rgan. Shuning uchun bu holatda “bolam ko‘payib ketdi” deb o‘ylash noto‘g‘ri.

Savolga kelsak: ilm olish afzalmi, farzandli bo‘lishmi? — bu ikkalasini qarama-qarshi qo‘yish shart emas. Agar ayolning sog‘ligi ruxsat bersa, ilmni ham, farzandni ham birga olib borish mumkin. Ko‘plab ayollar bor — bola tug‘adi, emizadi, tarbiya qiladi, va bir vaqtning o‘zida ilm ham oladi. Bu mumkin va Alloh yordam beradi.

Farzandlar — ummatning ko‘payishi va baraka sababidir. Rasululloh :

“Men boshqa ummatlarga nisbatan sizlarning ko‘pligingiz bilan faxrlanaman,” deganlar.

Shuning uchun, agar sog‘lig‘i ruxsat etsa, yana farzandli bo‘lish ham, ilm olish ham birga boraversin. Ikkalasi ham savobli, kerakli va bir-birini to‘ldiruvchi amallardir.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ayoli kunduzi uxlashini yoqtirmaydigan erkakning savoli.

    July 20, 2025
  • Ayol kishi erining aka-ukalariga aralashishi va eriga aql o‘rgatishi.

    July 20, 2025
  • To‘rtinchi farzand uchun eko qildirish joizmi?

    July 20, 2025
  • Boshiga urib o‘ldirilgan baliqni yesa bo‘ladimi?

    July 20, 2025
  • Ayol kishi odam gavjum joylarda niqob taqib, boshqa payt niqobsiz yursa bo‘ladimi?

    July 19, 2025
  • Yaqinlarga berilgan narsani albatta qaytarish shartmi?

    July 19, 2025