Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Olimlar va ularning atrofidagi insonlar tarbiya borasida boshqalarga o’rnak bo’lishi kerakmi?

Olimlar va ularning atrofidagi insonlar tarbiya borasida boshqalarga o’rnak bo’lishi kerakmi?

Nashr sanasi: June 15, 2025

Savol :

Ustoz, bir birodar dinga xizmat qilish maqsadida videomontaj yo‘nalishida tahsil oldi va ahli sunna bo‘lgan olimlarning videolarini montaj qilayotgan ustalarga murojaat qilib, ular bilan ishlashni taklif qildi.

Bu sohaga o‘qiganligi sababli u kanaldagi ayrim kamchilik va xatolarni ko‘rsatib, takliflar berdi. Ammo bu holat birodarlarga yoqmagan shekilli, u bilan ishlashni xohlamadilar. Vaholanki, u birodar ham xuddi o‘sha studiyada ishlayotganlar qilayotgan ishni qila olardi.

Endi shunday holatda, ular uning dinga xizmat qilolmasligiga sababchi bo‘lib qolmadilarmi? Vaholanki, olimlarning hali ommaga chiqmagan juda ko‘p darsliklari bor. Ba’zilar esa olimlar yonida bo‘la turib, shunday kamchilikka yo‘l qo‘yayotganlari kishini ranjitadi.

Olimlar va ularning atroflaridagi insonlar xulq va dinda boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerak emasmi? Chunki ko‘pchilik olimlardan emas, balki ularning atrofidagilardan ko‘p narsa kutadi.

Shunday birodarlarga bir nasihat bersangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ahli ilm va ularning yonida yurgan kishilar chiroyli xulqli bo‘lishi juda muhim. Olimlar o‘zlari ham, atrofidagi shogirdlari va birga ishlaydigan birodarlar ham odamlarga ibrat bo‘lishi kerak. Ammo inson hayotni boricha qabul qilishi kerak. Har qanday holatda ham fitnaga tushmasligi lozim. Odamlar sizni qabul qilsalar, buni qadriga yeting, qabul qilmasalar xafa bo‘lmang. Alloh yo‘lida xizmat qilishda davom eting.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillah, amma ba’d:

To‘g‘ri aytasiz, inson xushmuomala bo‘lishi, ayniqsa ahli ilm yonida yurgan kishilar chiroyli xulqli bo‘lishi juda muhim. Olimlar o‘zlari ham, atrofidagi shogirdlari va birga ishlaydigan birodarlar ham odamlarga ibrat bo‘lishi kerak.

Ko‘pchilik bir olimni ko‘rsa, uni farishta deb o‘ylaydi. Uning yonidagilarni esa kichik farishtalar, sahobalar yonidagi tobeinlar kabi tasavvur qiladi. So‘ng kutgan muomalani ko‘rmaganida, butunlay hafsalasi pir bo‘lib, yomon gapirib, g‘iybat bilan orqaga qaytadi.

Ammo inson hayotni boricha qabul qilishi kerak. Har qanday holatda ham fitnaga tushmasligi lozim. Bir maqolda aytilganidek: “Inson el siylagan joyda aziz.” Agar sizni qabul qilsalar, buni qadriga yeting, qabul qilmasalar xafa bo‘lmang. Alloh yo‘lida xizmat qilishda davom eting.

Ular sizni qabul qilmagan bo‘lsa, buning sababi turlicha bo‘lishi mumkin: balki ishonmagan, balki fikrlar to‘g‘ri kelmagan, balki moddiy holatlar mos tushmagan. Shuning uchun bu kabi holatlardan ranjimang. Niyat xolis bo‘lsa, Alloh har bir qadamingiz uchun ajr yozadi.

Allohning fazlini so‘rang, chin niyat bilan xizmatni davom ettiring. Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ayoli kunduzi uxlashini yoqtirmaydigan erkakning savoli.

    July 20, 2025
  • Ayol kishi erining aka-ukalariga aralashishi va eriga aql o‘rgatishi.

    July 20, 2025
  • To‘rtinchi farzand uchun eko qildirish joizmi?

    July 20, 2025
  • Boshiga urib o‘ldirilgan baliqni yesa bo‘ladimi?

    July 20, 2025
  • Ayol kishi odam gavjum joylarda niqob taqib, boshqa payt niqobsiz yursa bo‘ladimi?

    July 19, 2025
  • Yaqinlarga berilgan narsani albatta qaytarish shartmi?

    July 19, 2025