Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Farzandlarining diniy ta’lim olib, to‘g‘ri e’tiqodda ulg‘ayishini istagan, turmushidan ajrashgan ayol, ta’lim sharoitlari bo’lmagan yurtda qanday yo’l tutishi kerak?

Farzandlarining diniy ta’lim olib, to‘g‘ri e’tiqodda ulg‘ayishini istagan, turmushidan ajrashgan ayol, ta’lim sharoitlari bo’lmagan yurtda qanday yo’l tutishi kerak?

Nashr sanasi: June 15, 2025

Savol :

Turmushimdan ajrashganman, ikki farzandim bor. Farzandlarim men bilan qolgan.
Ularning otasi johil, ibodatdan yiroq, halol-haromga e’tibori yo‘q, aqidasi ham boshqacha. Shu sababli farzandlarimni unga bermadim, lekin otasidan ayirmayman — so‘raganda ko‘rishlariga imkon yarataman.
Alloh imkon berganicha farzandlarimga to‘g‘ri tarbiya berishga harakat qilyapman.

Hozirda darslarim sababli ular bilan ko‘p shug‘ullana olmayapman. Darslariga ham yetarlicha e’tibor qaratolmayapman. Katta o‘g‘lim maktab yoshida. Qancha harakat qilsam ham, maktab muhiti ta’sir ko‘rsatmoqda — do‘stlaridan har xil gap-so‘z va yaramas odatlarni o‘rganib keladi.

Bolalarimni madrasalarga berib, ustozlardan to‘g‘ri yo‘lda ilm olishlarini istayman. Afsuski, bizning yurtda bu borada imkoniyatlar cheklangan. Bolalar katta bo‘layotgani sari ularning tarbiyasi menga og‘ir bo‘lib boryapti.

Muhitni o‘zgartirish maqsadida Misr yoki Turkiyaga chiqib ketish haqida o‘ylayapman. Ba’zi muhojirlar tomonidan sovchilar chiqyapti, lekin uyimdagilar “hujjat masalasida qiynalasan, doim qochib yurishingga to‘g‘ri keladi,” deb qarshi chiqishmoqda.

Men esa farzandlarim diniy ta’lim olib, to‘g‘ri e’tiqodda ulg‘ayishini istayman.
Shunday qilishim to‘g‘rimi? Yoki sabr qilib hozirgi holatimga ko‘nikkanim afzalmi? Iltimos, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsating.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bolalari bor ayol kishi uchun ersiz hayot kechirish oson emas. Yaxshi, dindor va solih yo‘ldosh topib turmush qurish eng ma’qul yo‘llardan biridir. Chuqur mulohaza va iltijo bilan ish tuting. Har bir bosqichda Allohdan hidoyat so‘rang. Sizni holatingizga eng yaqin tushuna oladigan, diniy bilimga ega kishilar bilan maslahatlashing.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalam ‘ala Rasulillah. Amma ba’d.

Bu masala juda nozik va murakkab. Sizga hozir biror qat’iy hukm berish juda qiyin. Eng to‘g‘risi — holatingizni chuqur tushunadigan, yaqin atrofingizdagi tajribali, shariatni biladigan, foyda va zararni yaxshi ajrata oladigan kishilardan maslahat so‘rashingizdir.

Umuman olganda, ayol kishi uchun ersiz hayot kechirish oson emas. Yaxshi, dindor va soliha hayot yo‘ldosh topib, turmush qurish eng ma’qul yo‘llardan biridir. Chunki farzand tarbiyasi, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan birga, moddiy ta’minot, yashash joyi, xavfsizlik kabi ko‘plab jihatlar ayol kishining yelkasiga tushadi.

Agar boshqa mamlakatga chiqish haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz, bu ham har tomonlama o‘ylab ko‘rilishi kerak: hujjatlar, yashash sharoiti, bolalarning ta’limi, xavfsizligi va sizning yolg‘izligingiz. Bu masala oddiy emas va birgina harakat bilan hal bo‘ladigan narsa emas.

Shuning uchun bu qarorni qabul qilishdan oldin, chuqur maslahat, mulohaza va iltijo bilan ish tuting. Har bir bosqichda Allohdan hidoyat so‘rang. Sizni holatingizga eng yaqin tushuna oladigan, diniy bilimga ega kishilar bilan suhbatlashing.

Allohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ayoli kunduzi uxlashini yoqtirmaydigan erkakning savoli.

    July 20, 2025
  • Ayol kishi erining aka-ukalariga aralashishi va eriga aql o‘rgatishi.

    July 20, 2025
  • To‘rtinchi farzand uchun eko qildirish joizmi?

    July 20, 2025
  • Boshiga urib o‘ldirilgan baliqni yesa bo‘ladimi?

    July 20, 2025
  • Ayol kishi odam gavjum joylarda niqob taqib, boshqa payt niqobsiz yursa bo‘ladimi?

    July 19, 2025
  • Yaqinlarga berilgan narsani albatta qaytarish shartmi?

    July 19, 2025