Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >“Qalbida zarra miqdorcha kibr bo‘lgan odam jannatga kirmaydi” deb aytilgan hadis to’g’risida

“Qalbida zarra miqdorcha kibr bo‘lgan odam jannatga kirmaydi” deb aytilgan hadis to’g’risida

Nashr sanasi: June 14, 2025

Savol :

Ustoz, Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam: “Qalbida zarracha kibr bor odam jannatga kirmaydi” degan ekanlar. Nazarimda, hozir kibrsiz odamning o‘zi yo‘q. Hatto taqvodor odamlarda ham boshqalarni mensimaslik holatlari kuzatiladi. Ustoz, shu hadisni tushuntirib bersangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu “Qalbida zarra miqdorcha kibr bo‘lgan odam jannatga kirmaydi” deb aytilgan hadis “vahid nusus” deb atalib, gunohning oqibati haqida ogohlantiriladi. Kibr – iymonga zid bo‘lgan, insonni halokatga yetaklaydigan og‘ir illatdir. lekin birgina nususga qarab, “bo‘ldi, bu odam do‘zaxiy” deb hukm chiqarish – noto‘g‘ri. Alloh taolo kimga hidoyat bersa, u tavba qilib, kibridan voz kechadi. Shuning uchun, doimiy ravishda qalbimizni isloh qilishga harakat qilishimiz kerak.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillah, amma ba’d.

Bu hadisi sharifda “Qalbida zarra miqdorcha kibr bo‘lgan odam jannatga kirmaydi” deb aytilgan. Kibr – iymonga zid bo‘lgan, insonni halokatga yetaklaydigan og‘ir illatdir. Bu kabi hadislar “vahid nusus” deb ataladi. Ya’ni, unda gunohning oqibati haqida ogohlantiriladi. Masalan, “qotil do‘zaxiy bo‘ladi” deyilganidek. Lekin bu “qotil albatta do‘zaxda qoladi” degani emas.

Alloh istasa, tavbani qabul qiladi. Inson qilgan solih amallari, unga kelgan musibatlar, boshqalarning duolari, janoza namozi, qabrdagi holatlar, mahshardagi vaziyat, Sirotdan o‘tishdagi holatlari, Allohning mag‘firati yoki shafoatchilarning shafoati kishi gunohlarini yuvib yuborishi mumkin. Shuning uchun, birgina nususga qarab, “bo‘ldi, bu odam do‘zaxiy” deb hukm chiqarish – noto‘g‘ri. Bu – xavorijlarning yo‘li. Ular mana shu jihatdan adashganlar.

Aynan savolda aytilgan hadis – “Qalbida zarra miqdor kibr bor odam jannatga kirmaydi” – degani u kishi doimiy do‘zaxiy degani emas. Bu holat uning jannatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kira olmasligiga sabab bo‘ladi. Ya’ni, agar inson qalbidagi o‘sha kichik kibri ustida ishlamasa, u tobora kattalashib, qalbni qoraytiradi. Natijada inson kofirlik yoki nifoq yo‘liga tushib, do‘zaxga kirib ketishi hech gap emas.

Kibrni shunday tasvirlash mumkinki – go‘yo quruq xashak orasiga tushgan bitta cho‘g‘dek. U cho‘g‘ har qanday paytda butun g‘aramni yoqib yuborishi mumkin. Illo, agar yomg‘ir yog‘ib o‘chirmasa, yoki kimdir ustini bosib, o‘chirib qo‘ymasa. Qalbdagi kibr ham xuddi shunday. Alloh taolo kimga hidoyat bersa, u tavba qilib, kibridan voz kechadi. Ba’zilar sinovlar, musibatlar orqali bu illatdan qutuladi. Masalan, boy odam mulkidan ajralib qoladi, yoki bir jiddiy kasallik bilan sinaladi – natijada muloyim bo‘lib, tavba qiladi. Bu – Allohning marhamati.

Shunday odamlar ko‘pki, bir hodisadan so‘ng kibridan qaytadi, sinadi. Kimdir qamalib qoladi-yu, qamoqdan yaxshi inson bo‘lib chiqadi. Bu Allohning fazli.

Haqiqatda, savol bergan kishining ta’rifi juda o‘rinli. Bugungi kunda, Alloh rahm qilgan insonlar mustasno, aksar odamlarda kibr bor. Payg‘ambar alayhissalom kibrni shunday ta’riflaganlar: “Kibr – odamlarni mensimaslik va haqqa bo‘ysunmaslikdir.”

Bu ikkala xususiyat bugun juda ko‘p odamlarda bor. Haq gap kelsa, uni qabul qilmaydi. Urf-odatini, millatini, izzatini haqqa ustun qo‘yadi. Ba’zilar aytgan gapidan qaytolmaydi, “xato qilibman” deya olmaydi. Bular – kibrning belgilaridir.

Shuning uchun, doimiy ravishda qalbimizni isloh qilishga harakat qilishimiz kerak. Biz qalb darslarimizda ta’kidlaganimizdek, qalb kasalliklarining eng yomonlaridan biri va boshchisi – kibrdir. Hasad, g‘azab, adovat, ko‘rolmaslik, gina-kudurat – bularning barchasi kibrdan kelib chiqadi.

Ularning ildizida esa birgina illat yotadi: “Men”, “Meniki bo‘lsin”, “Men yaxshiman” degan manmanlik.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Be-nikoh yashagan erkakka qizni turmushda tutish joizmi?

    June 27, 2025
  • Akaning uka ustidagi haqqi otaniki bilan tengmi?

    June 27, 2025
  • Yahudiy va nasroniylar so‘ygan go‘sht bizga halolmi?

    June 27, 2025
  • Sahobalar “Tabbat yada Abī Lahab” surasini Rasululloh ﷺ xafa bo‘lmasin deb o‘qimaganlari rostmi?

    June 27, 2025
  • Otam meni so‘kkanidan keyin Allohga shikoyat qilishim to‘g‘rimi?

    June 27, 2025
  • To‘y savatlarini yasab ijaraga berish joizmi yoki isrofga kiradimi?

    June 27, 2025