Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Namozdan keyin zikrni boshqa joyga o‘tib qilsa bo‘ladimi?

Namozdan keyin zikrni boshqa joyga o‘tib qilsa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: June 14, 2025

Savol :

Namozdan keyingi zikrlarni o‘sha o‘qilgan joyda turmasdan qilish kerakmi yoki boshqa joyga o‘tib davom ettirsa bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Namozdan keyingi zikrni namoz o‘qilgan joyda o‘tirib qilish afzal. Bu sunnatga muvofiqroq va savobi ko‘proq bo‘lishi umid qilinadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Aslida, namozdan keyingi zikrni namoz o‘qilgan joyda o‘tirib qilish afzal. Bu sunnatga muvofiqroq va savobi ko‘proq bo‘lishi umid qilinadi.

Lekin agar biror zarurat bo‘lsa — masalan, oyoq og‘risa, joy tor bo‘lsa yoki kengroq joyga o‘tishga ehtiyoj tug‘ilsa — boshqa joyga o‘tib zikr qilishda hech qanday zarar yo‘q. Zikr davom etaveradi, amal maqbul bo‘ladi.

Demak, imkon bo‘lsa o‘sha joyda qolib qilish afzal, zarurat bo‘lsa o‘tib qilish ham joizdir.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Hayvonlarni hayvonot bog‘ida saqlash ularga zulm emasmi? Bu gunoh emasmi?

    October 10, 2025
  • Hayz tugagan kunning ertasiga yana qizil aralash oqlik kelsa, namozlar nima bo‘ladi?

    October 4, 2025
  • Namozda Fotiha surasini imomdan avval tugatish hukmi.

    October 4, 2025
  • Yubiley va tug‘ilgan kunlar o‘tkaziladigan oshxonada halol taom bo‘lsa, u yerda ovqatlanish yoki taom xarid qilish joizmi?

    October 4, 2025
  • Klinikada ishlayman. Ba’zan bemorga yordam bo‘lsin deb, ikkita tishni davolab, kassada bitta deb yozaman. Bu ishim joizmi?

    October 3, 2025
  • Bir odam vafot etib, mulklar qoldirdi. Katta o‘g‘il: “Otam bilan birga ishlaganim uchun bu uy va mashina meniki bo‘ladi, qolgan merosni taqsimlang”, deb turibdi. Shu holatda bu narsalar to‘g‘ridan meros bo‘lib hisoblanadimi yoki u da’vo qilayotgan mulklar haqiqatan unga tegishli bo‘lishi mumkinmi?

    October 2, 2025