Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Singlisi akasining yuzidan o‘pib ko’rishishi joizmi?

Singlisi akasining yuzidan o‘pib ko’rishishi joizmi?

Nashr sanasi: June 13, 2025

Savol :

Ustoz, mening uch o‘g‘lim va ikki qizim bor. Hammasi oilali. Katta o‘g‘lim safardan qaytganda, singlisi xursandchilikdan uning yuzidan o‘pib qo‘yibdi. Shunda kuyovim: “Nega ko‘pchilik oldida akangni o‘pasan?” — deb, qizimni qattiq urishibdi. Ustoz, kuyovimning bu qilgan ishi to‘g‘rimi? Ayol kishining akasining yuzidan o‘pishi joiz emasmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ayol kishi — balog‘atga yetgan bo‘lsa ham — balog‘atga yetgan akasi, ukasi yoki boshqa mahramlarini o‘pishi joiz bo‘lgan ish. Ammo bu holat omma orasida ro‘y bersa, odamlar orasida qanday qabul qilinishiga qarab baholanadi. Shuning uchun bunday masalalarda har doim holatni, joyni va atrofdagilarning qabulini inobatga olgan holda muomala qilish kerak.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalamu ‘ala rasulillahi va ba’d.

Ayol kishi — balog‘atga yetgan bo‘lsa ham — balog‘atga yetgan akasi, ukasi yoki boshqa mahramlarini o‘pishi joiz bo‘lgan ish. Bu mutlaqo joiz. Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam)ning Fotima onamizni o‘pganlari rivoyatlarda kelgan. Abu Bakr Siddiq (roziyallohu anhu) ham Oysha onamizni o‘pganlari rivoyat qilingan.

Xususan safardan kelganda, uzoq ko‘rishmagan paytda, xursandchilikda yoki tabriklash ma’nosida peshonasi, yuzi yoki qo‘lidan o‘pish joiz sanaladi. Bu yaxshi ko‘rish va hurmat belgisi hisoblanadi. Rasululloh va sahobalardan kelgan rivoyatlar buni tasdiqlaydi.

Albatta, bu kabi holatlar omma orasida ro‘y bersa, odamlar orasida qanday qabul qilinishiga qarab baholanadi. Masalan, er-xotin bir-birini o‘pishi joiz bo‘lsa ham, ko‘cha-ko‘yda bunday qilish uyatsizlik va muruvvatsizlik hisoblanadi. Chunki odamlar orasida noto‘g‘ri tushunilish ehtimoli bor.

Lekin holat shunday bo‘lishi mumkin: masalan, otasi hajdan kelgan, qizi uni kutib olayapti. To‘yda yoki yig‘inda qarindoshlar to‘plangan, va qizi otasini peshonasidan yoki qo‘lidan o‘pib kutib olgan. Bu hech qanday uyatsizlik ham, murofatsizlik ham emas. Chunki bu ochiq-oydin mahramlik doirasida, hurmat va muhabbat ramzi sifatida qabul qilinadi.

Agar bu ishda yomon gumon uyg‘onmasa, shahvatga olib boruvchi holat bo‘lmasa, bu joiz. Buni noto‘g‘ri deb qabul qilmaslik kerak. Rasululloh (sallallohu alayhi va sallam) ham, Abu Bakr Siddiq (roziyallohu anhu) ham shunday qilganlar.

Ammo ba’zida ba’zi erkaklar bunday holatlarga haddan ortiq rashk bilan qarashadi. Go‘yoki xotini bir harom ish qilgandek tuyuladi. Bu esa ortiqcha shubha va tushunmovchiliklarga olib kelishi mumkin.

Shuning uchun bunday masalalarda har doim holatni, joyni va atrofdagilarning qabulini inobatga olgan holda muomala qilish kerak. Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026