Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ko‘pxotinlikda erkak yaqinlik masalasida ham adolat qilishi shartmi?

Ko‘pxotinlikda erkak yaqinlik masalasida ham adolat qilishi shartmi?

Nashr sanasi: June 10, 2025

Savol :

Ustoz, ko‘pxotinli erkak ayollariga to‘shak (yaqinlik) masalasida ham adolat qilishi shartmi? Yoki bu erkakning ixtiyoridami? Masalan, ayollaridan biriga bir oylab yaqinlik qilmay yurishi to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

To‘shakda adolat qilish erkakning zimmasidagi farz emas. Ammo erkak imkon qadar adolatli va muloyim bo‘lishi kerak. Ayol sabr qilsa — ajr oladi, sabr qilmasa — xulu’ talab qilish huquqiga ega.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

To‘shakdagi yaqinlik masalasida erkak uchun adolat qilish shar’an vojib emas. Imom Abu Hanifa rahimahulloh aytadilar: bu erkakning ixtiyorida emas, balki tabiiy holatga bog‘liq masaladir. Erkakning bo‘ynidagi vojib masala — kechani navbat bilan ayollari huzurida o‘tkazishdir. Kechani navbat bilan o‘tkazsa, bu adolat hisoblanadi.

Yaqinlik masalasi esa ko‘proq insonning holatiga, hissiyoti va ayol bilan munosabatiga bog‘liq. Shuning uchun, agar erkak ayollaridan biriga bir oy yaqinlik qilmasa, bu har doim zulm hisoblanmaydi. Fuqaholarning ko‘pchiligi: “Agar erkak oyda bir marta yaqinlik qilsa, ayolning haqqi ado bo‘ladi,” deganlar.

Lekin agar bu muddat uzoqlashib ketsa, ayol talab qilsa, va erkak bunga tayyor bo‘lmasa, ayol taloqni yoki xulu’ (ajrashuv evaziga mahrni qaytarish)ni talab qilishga haqli bo‘ladi. Chunki bu ayolning sabr qilish yoki qilmaslik ixtiyoriga bog‘liq.

Yaqinlik masalasida erkak shariatda zo‘rlanmaydi, ammo imkon doirasida insof bilan yondashishi, adolatga harakat qilishi, ayollarining his-tuyg‘ularini, huquqlarini inobatga olishi lozim. Bu odob va axloq masalasidir.

Agar ayol sabr qilsa — ajri bo‘ladi. Sabr qilolmasa — shariatda ajrashish yo‘li ochiq. Bu holatda ayol ayb qilinmaydi, erkak ham agar haqqini bergan bo‘lsa, gunohkor bo‘lmaydi.

Xulosa:
To‘shakda adolat qilish erkakning zimmasidagi farz emas. Ammo erkak imkon qadar adolatli va muloyim bo‘lishi kerak. Ayol sabr qilsa — ajr oladi, sabr qilmasa — xulu’ talab qilish huquqiga ega.
Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Ayoli kunduzi uxlashini yoqtirmaydigan erkakning savoli.

    July 20, 2025
  • Ayol kishi erining aka-ukalariga aralashishi va eriga aql o‘rgatishi.

    July 20, 2025
  • To‘rtinchi farzand uchun eko qildirish joizmi?

    July 20, 2025
  • Boshiga urib o‘ldirilgan baliqni yesa bo‘ladimi?

    July 20, 2025
  • Ayol kishi odam gavjum joylarda niqob taqib, boshqa payt niqobsiz yursa bo‘ladimi?

    July 19, 2025
  • Yaqinlarga berilgan narsani albatta qaytarish shartmi?

    July 19, 2025