Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ayol kishi uyda eri va farzandlari oldida qanday kiyimda yurgani joiz?

Ayol kishi uyda eri va farzandlari oldida qanday kiyimda yurgani joiz?

Nashr sanasi: June 9, 2025

Savol :

Ustoz, ayol kishi uyda eri va farzandlari oldida ro‘mol o‘ramasdan va kalta ko‘ylakda yurishi joizmi? Eshitishimcha, ayol kishi uyda ro‘molsiz yursa, farishtalar uning oldiga kelmas emish. Shu to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ayol kishining eriga nisbatan avrat joyi yo‘q hisoblanadi. Ammo farzandlari, aka-ukalari, otasi yani mahram erkaklar oldida ayolning avrat joylari fiqh istilohida “kunda” deyiladi. Bu degani: bo‘yin, qo‘l (bilagigacha) va oyoqlar (tizzagacha) ochiq bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari joylar esa avrat hisoblanadi va yopilishi lozim. Ikkinchi savoldagi “Ayol kishi ro‘molsiz yursa uyga farishtalar kirmaydi” degan gap shariatda yo‘q.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalam ‘ala Rasulillahi, va ba’d.

Ayol kishining eri va farzandlari oldidagi avrat joylari — ya’ni eriga nisbatan ayolning avrat joyi yo‘q hisoblanadi. Er uchun ayolining tanasi to‘liq halol, ochiq bo‘lishi mumkin. Bu borada hech qanday istisno holat yo‘q.

Ammo farzandlari, ya’ni mahram bo‘lgan erkak qarindoshlari — o‘g‘illari, aka-ukalari, otasi — oldida ayolning avrat joylari fiqh istilohida “kunda” deyiladi. Bu degani: bo‘yin, qo‘l (bilagigacha) va oyoqlar (tizzagacha) ochiq bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari joylar — masalan, ko‘krak, sonlar va boshqalari — avrat hisoblanadi va yopilishi lozim.

Soch, bo‘yin, qo‘llar — bu kabi joylar mahram erkaklarga ko‘rinishi joiz. Ba’zilar haddan oshib, “sochingni akalaringga ko‘rsatma”, “bo‘yning ko‘rinmasin” deb, g‘uluvga ketib qoladilar. Bu esa zarurat darajasini oshirib yuborish bo‘ladi.

Ayolning sochi, qo‘li yoki tizzasidan past qismi mahramlari uchun avrat emas. Ya’ni o‘g‘illariga, akalariga ko‘rinishi mumkin. Albatta, odob-axloq jihatidan ayol kengroq va hashamatli kiyimda yurishi muru’atdan sanaladi. Bu yaxshi odat, lekin shariat nuqtai nazaridan avrat deb hisoblanmaydi.

Lekin agar ayol butun avrat joylarini ochib yursa — masalan, farzandlari yoki akalari oldida qin (jinsiy a’zo) yoki ko‘kraklar ochilgan bo‘lsa — bu mumkin emas, harom hisoblanadi.

Yuqorida aytilganidek, bo‘yin, soch, qo‘l, oyoqning tizzadan past qismi avrat hisoblanmaydi. Ularni “akallaring oldida ham, farzandlaring oldida ham yop” deyish haddan oshish bo‘ladi.

Ikkinchi savolga kelsak:
“Ayol kishi ro‘molsiz yursa farishtalar kirmaydi” degan gap noto‘g‘ri. Bunday gap shariatda yo‘q. Hijob farz bo‘lishidan oldin ham farishtalar odamlar bilan birga bo‘lgan. Hijobli bo‘lmagan sahobalar ayollari haqida “farishtasiz yurishgan” deb bo‘lmaydi.

Farishtalar Allohning izni bilan har yerda mavjud. Rahmat farishtalari doimiy holatda mo‘min bilan birga bo‘ladi. Faqatgina inson avratini ochgan holatda yoki jinsiy aloqa vaqtida, yoki hojatxonaga kirganda ular bir oz chetroqqa chiqib turadi. Buning o‘zi ham insonning odob-axloq jihatidan hurmatini ifoda etadi.

Mo‘min inson pok holatda yuradi. Alloh farishtalarni unga doimiy hamroh qilib qo‘ygan. Qur’onda: “Uning oldi va orqasida Allohning amri bilan uni qo‘riqlab turgan farishtalar bor” deb aytilgan.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ayoli kunduzi uxlashini yoqtirmaydigan erkakning savoli.

    July 20, 2025
  • Ayol kishi erining aka-ukalariga aralashishi va eriga aql o‘rgatishi.

    July 20, 2025
  • To‘rtinchi farzand uchun eko qildirish joizmi?

    July 20, 2025
  • Boshiga urib o‘ldirilgan baliqni yesa bo‘ladimi?

    July 20, 2025
  • Ayol kishi odam gavjum joylarda niqob taqib, boshqa payt niqobsiz yursa bo‘ladimi?

    July 19, 2025
  • Yaqinlarga berilgan narsani albatta qaytarish shartmi?

    July 19, 2025